menu
Ko‘kdaladan Qarshiga ketayotgan avtomobilda 50 mln so‘mlik pirotexnika vositalari borligi ma’lum bo‘ldi 
Bojxona boshqarmasining Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari pirotexnika vositalarining noqonuniy realizatsiyasiga qarshi kurashish bo‘yicha tezkor tadbir o‘tkazdi

Qashqadaryo viloyatining Ko‘kdala tumanidan Qarshi shahriga ketayotgan avtomobil to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilganida mashinada qiymati 50 million so‘m bo‘lgan pirotexnika vositalari borligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat Bojxona boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Bildirilishicha, Bojxona boshqarmasining Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari Milliy gvardiya, IIB va YHXB xodimlari bilan pirotexnika vositalarining noqonuniy realizatsiyasiga qarshi kurashish yo‘nalishida tezkor tadbir o‘tkazgan. 

Hozirda holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari olib borilmoqda.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!