qarashlar
Qoʻshimcha funksionallar
Jahon | 17:18 240 3 daqiqa o‘qiladi Xushbo‘y shamlar yonganda o‘pka uchun zararli moddalar ishlab chiqaradi - ekspertlarMutaxassislar aromatik sham ishlab chiqaruvchi kompaniyalar ko‘pincha o‘z mahsulotlari tarkibini yashirishini ta’kidladi.
Foto: Getty Images
Xushbo‘y hid tarqatuvchi shamlardan foydalanish xonadagi havo sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi va sog‘liqqa zarar yetkazishi mumkin. Bu haqda Irlandiyaning Kork universiteti kolleji va Goluey universiteti olimlari tadqiqotiga tayanib, Daily Mail xabar berdi.
Hidli shamlar yonganida zaharli gazlar, jumladan, oltingugurt dioksidi, is gazi, azot oksidlari va uchuvchan organik birikmalar ajralib chiqadi. Bu moddalar yo‘talga, aksirish va ko‘z qichishiga sabab bo‘lishi, shuningdek, astma xurujlarini kuchaytirishi mumkin. Ularning uzoq muddatli ta’siri esa yurak-qon tomir kasalliklari, o‘pka saratoni va surunkali bronxit xavfini oshirishi ehtimoli bor.
Olimlar 2,5 mikrometrdan kichik o‘lchamdagi ifloslantiruvchi zarrachalarga (PM2,5) alohida e’tibor qaratdi. Xushbo‘y shamlar yonishi natijasida ajraladigan bunday zarrachalarning konsentratsiyasi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) belgilagan me’yorlardan 15 baravargacha yuqori bo‘lishi mumkin.
Ma’lumot uchun, PM2,5 — havoda ko‘zga ko‘rinmaydigan qurum zarrachalari bo‘lib, qonga kiradi va o‘pka tubiga cho‘kadi. Bunday zarrachalar transport vositalari dvigatellari ishlaganda, yog‘och yoqilganda va tamaki chekilganda ham ajralib chiqadi.
Olimlarning ta’kidlashicha, xushbo‘y sham yonganida nafas yo‘llariga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan formaldegid ajralib chiqadi. Xushbo‘y tayoqchalar esa sigaretalardan to‘rt barobar ko‘p qattiq zarrachalar chiqaradi.
Mutaxassislar aromatik sham ishlab chiqaruvchi kompaniyalar ko‘pincha o‘z mahsulotlari tarkibini yashirishini ta’kidladi. Ularning aytishicha, qadoqlarda sham tarkibidagi moddalarning atigi 10 foizi ko‘rsatiladi, ular yonganda ajraladigan kimyoviy moddalar esa tushunishga qiyin shaklda qayd etiladi. Amerikalik va yevropalik mutaxassislar hatto tabiiy moddalardan tayyorlangan shamlar ham xavfli moddalarni ajratib chiqarishi mumkinligini tasdiqladi.
AQShdagi pulmonologlar assotsiatsiyasi aromatik shamlar saraton kasalligini keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan benzol, ftalat va formaldegid kabi xavfli moddalar manbai bo‘lishi mumkinligini aytdi. Shuningdek, ular ifloslantiruvchi moddalar nafaqat o‘pkaga ta’sir ko‘rsatishini, balki kognitiv funksiyalarni pasaytirib, genetik o‘zgarishlarga ham olib kelishi mumkinligini eslatdi.
Shu o‘rinda boshqa tadqiqotlar sham yonganda ajralib chiqadigan kimyoviy moddalarning miqdori juda kamligi, ularning konsentratsiyasi inson salomatligiga hech qanday xavf tug‘dirmasligini ko‘rsatgan.
17:34
15:48
15:37
15:02
“KUN.UZ” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
Guvohnoma: №0987. Berilgan sanasi: 22.06.2015-yil. Muassis: “WEB EXPERT” MCHJ. Tahririyat manzili: 100043, Toshkent shahri, K. Yormatov koʻchasi, 12-uy. Elektron manzil: info@kun.uz.
Saytda eʼlon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Kun.uz tahririyati nuqtayi nazarini ifoda etmasligi mumkin.
Ⓣ - maqola va materiallarda qo‘yilgan mazkur belgi ularning tijorat va reklama huquqlari asosida eʼlon qilinganligini bildiradi.
Comments
0 comment