menu
Xitoy raketasi navigatsion tizimlarga ega sun’iy yo‘ldoshlar guruhini orbitaga olib chiqdi.
Sun’iy yo‘ldoshlardan biri giperspektral kamera bilan jihozlangan - undan foydali qazilmalar razvedkasi, o‘rmon xo‘jaligi va shaharlarni rejalashtirishda foydalanish mumkin.

Qoʻshimcha funksionallar

  • Tungi ko‘rinish

Fan-texnika | 22:48 2 2 daqiqa o‘qiladi Xitoy raketasi navigatsion tizimlarga ega sun’iy yo‘ldoshlar guruhini orbitaga olib chiqdi

Sun’iy yo‘ldoshlardan biri giperspektral kamera bilan jihozlangan - undan foydali qazilmalar razvedkasi, o‘rmon xo‘jaligi va shaharlarni rejalashtirishda foydalanish mumkin.

Foto: HCH

Xitoy 20 yanvar kuni bortiga beshta sun’iy yo‘ldosh ortilgan Ceres-1 tashuvchi raketasini uchirdi, deb xabar beradi «Sinxua» agentligi.

Qayd etilishicha, tashuvchi raketa Pekin vaqti bilan soat 18:11 da mamlakat shimoli-g‘arbidagi Tszyutsyuan kosmodromidan start olgan va sun’iy yo‘ldoshlar guruhini orbitaga olib chiqqan.

«Yunyao-1» seriyasiga kiruvchi to‘rtta sun’iy yo‘ldosh global navigatsion tizimlari bilan jihozlangan bo‘lib, bu ularga havo harorati, namlik, atmosfera bosimi, shuningdek, ionosferadagi elektronlar konsentratsiyasi to‘g‘risida ma’lumot to‘plash imkoniyatini taqdim etadi.

JTX-A-05 sun’iy yo‘ldoshiga esa masofaviy zondlash tasvirlarini olish uchun giperspektral kamera o‘rnatilgan — bundan turli sohalarda, jumladan, ekologik monitoring, qishloq xo‘jaligi monitoringi, foydali qazilmalar razvedkasi, o‘rmon xo‘jaligi va shaharlarni rejalashtirishda foydalanish mumkin.

Tashuvchi raketani ishlab chiqqan Galactic Energy tijoriy kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, Ceres-1 allaqachon 16 ta muvaffaqiyatli parvozni amalga oshirib, belgilangan orbitaga 63 ta sun’iy yo‘ldoshni olib chiqqan.

Avvalroq Jyeff Bezosning Blue Origin kompaniyasi ilk bor New Glenn og‘ir raketasini orbitaga uchirgani to‘g‘risida xabar berilgandi. 98 metrli raketa Florida shtatida joylashgan Kanaveral burnidagi kosmodromdan start olgan. Taxminan 12 daqiqa o‘tgach, raketa sinov parvozining asosiy maqsadi — orbitaga chiqishni amalga oshirgan edi.

22:37

17:36

16:54

16:47

  • “KUN.UZ” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
    Guvohnoma: №0987. Berilgan sanasi: 22.06.2015-yil. Muassis: “WEB EXPERT” MCHJ. Tahririyat manzili: 100043, Toshkent shahri, K. Yormatov koʻchasi, 12-uy. Elektron manzil: info@kun.uz.
    Saytda eʼlon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Kun.uz tahririyati nuqtayi nazarini ifoda etmasligi mumkin.
    Ⓣ - maqola va materiallarda qo‘yilgan mazkur belgi ularning tijorat va reklama huquqlari asosida eʼlon qilinganligini bildiradi.

    Comments

    http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

    0 comment

    Write the first comment for this!