menu
Rossiyadan chiqarib yuboriladigan migrantlarning qayerda ekani haqida yaqinlariga xabar beriladi.
Migrantning manzili to‘g‘risida uning ish yoki o‘qish joyidagi ma’muriyatga, shuningdek, uning advokatiga, vatanining diplomatik vakolatxonasiga yoki konsullik muassasasiga ham xabar berilishi mumkin.

Qoʻshimcha funksionallar

  • Tungi ko‘rinish

Jahon | 17:47 130 2 daqiqa o‘qiladi Rossiyadan chiqarib yuboriladigan migrantlarning qayerda ekani haqida yaqinlariga xabar beriladi

Migrantning manzili to‘g‘risida uning ish yoki o‘qish joyidagi ma’muriyatga, shuningdek, uning advokatiga, vatanining diplomatik vakolatxonasiga yoki konsullik muassasasiga ham xabar berilishi mumkin.

Rossiyada deportatsiyadan oldin maxsus muassasalarga joylashtirilgan migrantlarning qarindoshlari ularning qayerda ekani haqida xabardor qilinadi. Bu bilan Rossiya Ichki ishlar vazirligi shug‘ullanadi, normativ-huquqiy hujjatlar portalida hukumatning tegishli qarori e’lon qilindi.

Migrantning manzili to‘g‘risida uning ish yoki o‘qish joyidagi ma’muriyatga, shuningdek, uning advokatiga, vatanining diplomatik vakolatxonasiga yoki konsullik muassasasiga ham xabar berilishi mumkin. Chet el fuqarosining joylashgan joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qarindoshlariga bildirish uchun maxsus muassasa rahbariga va uning o‘rinbosariga ariza bilan murojaat yilish kerak.

Hujjatga kshchra, agar chet el fuqarosi Rossiyadagi bolaning yoki muomalaga layoqatsiz shaxsning yagona qonuniy vakili bo‘lsa, Ichki ishlar vazirligi vasiylik va homiylik organlarini migrantning manzili to‘g‘risida xabardor qiladi. Agar maxsus muassasaga joylashtirilgan chet el fuqarosi voyaga yetmagan bo‘lsa, uning manzili to‘g‘risida ota-onasi yoki qonuniy vakillari xabardor qilinishi kerak.

Hukumatning tegishli qarori 2025 yil 5 fevraldan kuchga kiradi.

17:51

16:51 / 09.12.2024

15:22 / 09.12.2024

15:19 / 09.12.2024

  • “KUN.UZ” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
    Guvohnoma: №0987. Berilgan sanasi: 22.06.2015-yil. Muassis: “WEB EXPERT” MCHJ. Tahririyat manzili: 100043, Toshkent shahri, K. Yormatov koʻchasi, 12-uy. Elektron manzil: info@kun.uz.
    Saytda eʼlon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Kun.uz tahririyati nuqtayi nazarini ifoda etmasligi mumkin.
    Ⓣ - maqola va materiallarda qo‘yilgan mazkur belgi ularning tijorat va reklama huquqlari asosida eʼlon qilinganligini bildiradi.

    Comments

    http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

    0 comment

    Write the first comment for this!