menu
Rossiyada rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktabga qabul qilmaslik to‘g‘risidagi qonun ma’qullandi.
Qonun loyihasiga ko‘ra, test sinovlari o‘tkazish tartibi Ta’lim vazirligi tomonidan belgilanadi.

Qoʻshimcha funksionallar

  • Tungi ko‘rinish

Jahon | 17:51 52 2 daqiqa o‘qiladi Rossiyada rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktabga qabul qilmaslik to‘g‘risidagi qonun ma’qullandi

Qonun loyihasiga ko‘ra, test sinovlari o‘tkazish tartibi Ta’lim vazirligi tomonidan belgilanadi.

Foto: RBK

Rossiya Davlat Dumasi migrantlarning rus tili imtihonidan o‘ta olmagan farzandlarini rus maktablariga qabul qilishni taqiqlovchi qonun loyihasini birinchi o‘qishda ma’qulladi. Bu haqda «Interfaks» xabar berdi.

Qonun loyihasiga ko‘ra, test sinovlari o‘tkazish tartibi Ta’lim vazirligi tomonidan belgilanadi.

«Boshlang‘ich umumiy, asosiy umumiy va o‘rta umumiy ta’lim dasturlarini o‘zlashtirish uchun yetarli bo‘lgan rus tilini bilish bo‘yicha test sinovlaridan o‘tmagan shaxslar ushbu ta’lim dasturlarini o‘zlashtirishga ruxsat etilmaydi», deyiladi qonun loyihasida.

Bundan tashqari, maktablarga va boshqa ta’lim organlariga qabul qilinganda, «bolaning Rossiya hududida bo‘lishining qonuniyligini tekshirish» amalga oshiriladi.

Davlat Dumasi spikeri Vyacheslav Volodin joriy o‘quv yili boshida migrant bolalarning 41 foizi rus tilini bilishda qiynalayotganini aytgan edi. Uning fikricha, sifatli ta’lim olish va maktab o‘quv dasturini o‘zlashtirish uchun «rus tilini bilish kerak».

«Aks holda, tilni bilmagan bola uchun o‘rganish va ijtimoiy moslashish jarayonlari nihoyatda qiyinlashadi, sinfdoshlari va o‘qituvchilari uchun muammolar paydo bo‘ladi. <…> Mamlakatimizga kelganlar rus tilini bilishi, madniyati va tarixini hurmat qilishi, Rossiya qonunlariga qat’iy rioya qilishi shart», dedi u.

2024 yil martida tojikistonlik migrantlar ayblangan «Krokus Siti Xoll» konsert zalidagi teraktdan so‘ng, Rossiya hukumati migrantlar huquqlarini tobora ko‘proq cheklay boshladi. Oktyabr oyida Davlat Dumasiga noqonuniy migratsiya uchun jazoni kuchaytiruvchi beshta qonun loyihasi kiritildi. Shuningdek, migrantlarni deportatsiya qilishning yangi maxsus rejimi joriy qilindi.

17:47

16:51 / 09.12.2024

15:22 / 09.12.2024

15:19 / 09.12.2024

  • “KUN.UZ” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
    Guvohnoma: №0987. Berilgan sanasi: 22.06.2015-yil. Muassis: “WEB EXPERT” MCHJ. Tahririyat manzili: 100043, Toshkent shahri, K. Yormatov koʻchasi, 12-uy. Elektron manzil: info@kun.uz.
    Saytda eʼlon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Kun.uz tahririyati nuqtayi nazarini ifoda etmasligi mumkin.
    Ⓣ - maqola va materiallarda qo‘yilgan mazkur belgi ularning tijorat va reklama huquqlari asosida eʼlon qilinganligini bildiradi.

    Comments

    http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

    0 comment

    Write the first comment for this!