menu
Putin Sloveniyada josuslikda ayblanib sudlangan er-xotinni yashirincha «Jasorat» ordeni bilan mukofotlagani ma’lum bo‘ldi.
Avgust oyida mahbuslar almashinuvi doirasida Rossiyaga qaytarilgan Anna va Artyom Dulsevalar «Jasorat» ordeni bilan mukofotlangani Tashqi razvedka xizmatining saytida e’lon qilib boriladigan jurnal orqali oshkor bo‘ldi.

Qoʻshimcha funksionallar

  • Tungi ko‘rinish

Jahon | 17:35 200 3 daqiqa o‘qiladi Putin Sloveniyada josuslikda ayblanib sudlangan er-xotinni yashirincha «Jasorat» ordeni bilan mukofotlagani ma’lum bo‘ldi

Avgust oyida mahbuslar almashinuvi doirasida Rossiyaga qaytarilgan Anna va Artyom Dulsevalar «Jasorat» ordeni bilan mukofotlangani Tashqi razvedka xizmatining saytida e’lon qilib boriladigan jurnal orqali oshkor bo‘ldi.

Foto: kremlin.ru

RF prezidenti Vladimir Putin Sloveniyada josuslikda ayblanib sudlangan hamda mahbuslar almashinuvi doirasida Rossiyaga qaytgan Anna va Artyom Dulsevalarni «Jasorat» ordeni bilan mukofotladi. Bu haqda Rossiya Tashqi razvedka xizmati saytida e’lon qilib boriladigan «Razvedchik» jurnalining dekabr oyidagi sonida so‘z boradi. Maqolaga «Agenstvo» e’tibor qaratgan.

Dulsevalar mukofotlangani to‘g‘risida rasman e’lon qilinmagan. Jurnalda Dulsevalar bilan intervyu, shuningdek, ularning biografiyasi haqida ma’lumot keltirilgan va unda «Jasorat» ordeni haqida so‘z boradi.

«Agenstvo» Dulsevalarni mukofotlash to‘g‘risidagi Putin qarorini topa olmaganini yozmoqda.

Maqolada aytilishicha, 2009 yili Dulsevalarga razvedkaga xizmat qilish «taklifi kelib tushadi», shundan keyin ular uch yil davomida maxsus tayyorgarlikdan o‘tadi. Ular 2012 yildan boshlab chet el davlatlarida yashab kelgan.

Intervyuda ular ikkisi ham razvedkachi bo‘lgan paytda, Nijniy Novgorodda tanishib qolganini aytgan. «Jiddiy aytadigan bo‘lsak, bizning terrorizmga qarshi qo‘shma vazifamiz bor edi. Vazifa taxminan bir haftalik bo‘lgandi», — deydi Anna Dulseva.

Keyingi rejalar haqidagi savolga Artyom Dulsev quyidagicha javob qaytargan: «Hozir eng muhimi — bolalarning moslashishiga va til o‘rganishiga yordam berish. Shuningdek, ularga ajoyib yurtimizni ko‘rsatmoqchimiz. Keyin, albatta, xizmatni davom ettirishga tayyormiz, biz hali juda ko‘p ish qilishni xohlaymiz».

Sloveniyada josuslik uchun sudlangan Anna va Artyom Dulsevalar 1 avgust kuni RF hamda g‘arb davlatlarining mahbuslar almashinuvi doirasida Rossiyaga qaytgan edi. Ularning ikki nafar farzandi bor — to‘qqiz yoshli o‘g‘li va 12 yoshli qizi. Sloveniyada Dulsevalar Argentina hujjatlari ostida to‘qib chiqilgan afsona asosida yashab kelgan. Mamlakat maxsus xizmatlarining taxminicha, er-xotin uzoq vaqt «uyqudagi agent» bo‘lgan va 2022 yilda — Yevropa davlatlari josuslikda gumonlangan rossiyaliklarni ommaviy ravishda chiqarib yuborishni boshlagan.

18:06 / 09.12.2024

13:49 / 09.12.2024

21:15 / 07.12.2024

02:18 / 07.12.2024

  • “KUN.UZ” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
    Guvohnoma: №0987. Berilgan sanasi: 22.06.2015-yil. Muassis: “WEB EXPERT” MCHJ. Tahririyat manzili: 100043, Toshkent shahri, K. Yormatov koʻchasi, 12-uy. Elektron manzil: info@kun.uz.
    Saytda eʼlon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Kun.uz tahririyati nuqtayi nazarini ifoda etmasligi mumkin.
    Ⓣ - maqola va materiallarda qo‘yilgan mazkur belgi ularning tijorat va reklama huquqlari asosida eʼlon qilinganligini bildiradi.

    Comments

    http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

    0 comment

    Write the first comment for this!