menu
Prezident barcha idoralarda moliyaviy intizom va tejamkorlikka qat’iy amal qilishga chaqirdi.
Shavkat Mirziyoyev 20 yanvar kuni Hisob palatasi tomonidan 2024 yilda amalga oshirilgan ishlar va 2025 yilgi asosiy vazifalarga oid taqdimot bilan tanishdi.

Qoʻshimcha funksionallar

  • Tungi ko‘rinish

O‘zbekiston | 20:32 503 2 daqiqa o‘qiladi Prezident barcha idoralarda moliyaviy intizom va tejamkorlikka qat’iy amal qilishga chaqirdi

Shavkat Mirziyoyev 20 yanvar kuni Hisob palatasi tomonidan 2024 yilda amalga oshirilgan ishlar va 2025 yilgi asosiy vazifalarga oid taqdimot bilan tanishdi.

Yig‘ilishda qayd qilinishicha, 2024 yilda Hisob palatasi yangi manbalar hisobidan 3,7 trillion so‘m budjetga qo‘shimcha tushumlarni ta’minladi. Vazirlik va idoralarning 9,2 trillion so‘mlik samarasiz xarajatlari maqbullashtirildi, 2,3 trillion so‘mlik moliyaviy kamchiliklar oldi olindi. Davlat xaridlariga oid 4,5 trillion so‘mlik kamchiliklar bartaraf etildi.

Ta’kidlanishicha, bunday tizimli ishlar joriy yilda ham izchil davom ettiriladi. Jumladan, “Masofaviy audit” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga 110 ta vazirlik va idoraning ma’lumotlar bazasi integratsiya qilinadi. Bu orqali joriy yilda 480 trillion so‘mlik budjet xarajatlari monitoringi to‘liq qamrab olinadi.

Budjetga qo‘shimcha daromad manbalarini aniqlash, moliyaviy va boshqa xavflarning oldini olish doimiy vazifa hisoblanadi. Davlat ulushi bor korxonalarning moliyaviy faoliyatini doimiy monitoring qilib boriladi.

Joriy yilda budjetga 309 trillion so‘m daromadlar tushishini ta’minlash choralari ko‘riladi. Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalarni xalqaro standartlar asosida auditdan o‘tkazish amaliyoti boshlanadi.

Prezident barcha davlat idoralarida moliyaviy intizom va tejamkorlikka qat’iy amal qilinishi zarurligini ta’kidladi.

00:50 / 19.01.2025

17:43 / 17.01.2025

18:43 / 16.01.2025

18:42 / 16.01.2025

  • “KUN.UZ” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
    Guvohnoma: №0987. Berilgan sanasi: 22.06.2015-yil. Muassis: “WEB EXPERT” MCHJ. Tahririyat manzili: 100043, Toshkent shahri, K. Yormatov koʻchasi, 12-uy. Elektron manzil: info@kun.uz.
    Saytda eʼlon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Kun.uz tahririyati nuqtayi nazarini ifoda etmasligi mumkin.
    Ⓣ - maqola va materiallarda qo‘yilgan mazkur belgi ularning tijorat va reklama huquqlari asosida eʼlon qilinganligini bildiradi.

    Comments

    http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

    0 comment

    Write the first comment for this!