qarashlar
Qoʻshimcha funksionallar
O‘zbekiston | 20:34 246 2 daqiqa o‘qiladi Paxtani o‘z hisobidan yetishtirganlarga subsidiya ajratiladiSubsidiya hisobvaraq-faktura qiymatining 10 foizi miqdorida ajratiladi.
Foto: Kun.uz
«Paxta xomashyosini yetishtirish va sotishda bozor mexanizmlarini qo‘llashni izchil davom ettirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonga ko‘ra, 2025 yil paxta hosilidan:
- fyuchers shartnomalari kalendar yilning 1 noyabridan keyingi yilning 1 iyunigacha xo‘jaliklar va qayta ishlovchilar o‘rtasida birjada erkin shakllanadigan, biroq e’lon qilingan boshlang‘ich narxdan past bo‘lmagan narxda tuziladi;
- forvard shartnomalari kalendar yilning 1 noyabridan keyingi yilning 1 martigacha xo‘jaliklar va qayta ishlovchilar o‘rtasida o‘zaro kelishilgan narxlarda tuziladi;
- spot shartnomalari real vaqt rejimida omborda saqlanayotgan paxta xomashyosi hajmiga xo‘jaliklar va qayta ishlovchilar o‘rtasida o‘zaro kelishilgan narxda tuziladi;
- saqlash omborlari yoki ijara shartnomalari mavjud bo‘lmagan xo‘jaliklar o‘zi yetishtiradigan paxta xomashyosi bo‘yicha har hosil yilining 1 martigacha forvard yoki 1 iyunigacha fyuchers shartnomalari rasmiylashtiradi;
Shuningdek, 2025 yil hosilidan paxta xomashyosini o‘z mablag‘lari va tijorat kreditlari hisobidan yetishtirib, Birjada sotgan xo‘jaliklarga shakllangan hisobvaraq-faktura qiymatining 10 foizi miqdorida subsidiya ajratiladi.
Bundan tashqari, paxta xomashyosini yetishtirish uchun olingan imtiyozli kreditlarni hosil yilining yakuniga (tegishli yilning 31 dekabriga) qadar qaytargan xo‘jaliklarga ushbu kreditlar bo‘yicha to‘langan foiz to‘lovlarining 4 foizlik punktini subsidiya sifatida qaytarib berish tartibi joriy etiladi.
19:04
18:38 / 16.01.2025
15:14 / 15.01.2025
16:06 / 13.01.2025
“KUN.UZ” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
Guvohnoma: №0987. Berilgan sanasi: 22.06.2015-yil. Muassis: “WEB EXPERT” MCHJ. Tahririyat manzili: 100043, Toshkent shahri, K. Yormatov koʻchasi, 12-uy. Elektron manzil: info@kun.uz.
Saytda eʼlon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Kun.uz tahririyati nuqtayi nazarini ifoda etmasligi mumkin.
Ⓣ - maqola va materiallarda qo‘yilgan mazkur belgi ularning tijorat va reklama huquqlari asosida eʼlon qilinganligini bildiradi.
Comments
0 comment