menu
«Oreshnik» yadro qurolidan foydalanish zaruratini yo‘q qiladi - Putin.
Uning ta’kidlashicha, yangi qurol tizimlari mudofaa muammolarini hal qilishda yadroviy imkoniyatlar o‘rnini bosadigan darajada kuchli.

Qoʻshimcha funksionallar

  • Tungi ko‘rinish

Jahon | 21:42 413 2 daqiqa o‘qiladi «Oreshnik» yadro qurolidan foydalanish zaruratini yo‘q qiladi - Putin

Uning ta’kidlashicha, yangi qurol tizimlari mudofaa muammolarini hal qilishda yadroviy imkoniyatlar o‘rnini bosadigan darajada kuchli.

Foto: kremlin.ru

Rossiya prezidenti Vladimir Putin «Oreshnik» raketasi paydo bo‘lishi bilan yadro qurolidan foydalanish zarurati sezilarli darajada kamayganini aytdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi qurol tizimlari mudofaa muammolarini hal qilishda yadroviy imkoniyatlar o‘rnini bosadigan darajada kuchli. Endi yadroviy doktrinani takomillashtirish emas, balki «Oreshnik»ni mukammallashtirish kerak bo‘ladi.

«Biz yadroviy doktrinamizni kuchaytirmayapmiz, uni takomillashtiryapmiz. Shunday qilib, umuman olganda, biz endi yadroviy doktrinani emas, balki «Oreshnik»ni yaxshilashimiz kerak. Chunki, ushbu zamonaviy qurol tizimlarining yetarli soni shunchaki yadro qurolidan foydalanishning deyarli hojati yo‘qligini ta’minlaydi», dedi u.

Noyabr oyida bo‘lib o‘tgan KXShT sammitida u bir nechta bunday raketa bilan berilgan zarbalar halokati kuchi bo‘yicha yadroviy qurolga teng bo‘lishini, ammo radioaktiv ifloslanish xavfi yo‘qligini ta’kidladi.

Shuningdek, Putin o‘lim jazosi mavzusiga ham to‘xtaldi. Uning ta’kidlashicha, hozirgi harbiy amaliyotlarga qaramay, Rossiyada undan foydalanishga hali ham moratoriy mavjud.

«Fuqarolar va siyosiy arboblarning katta qismi bu masalani doimo ko‘tarib keladi. Ammo hatto jangovar harakatlar sharoitida ham - juda jiddiy jangovar harakatlar - biz bu qadamni qo‘ymaymiz. Aksincha, adliya tizimimizning insonparvarligini oshirish yo‘lida qator qarorlar qabul qilmoqdamiz», dedi u.

18:17

17:35

18:06 / 09.12.2024

13:49 / 09.12.2024

  • “KUN.UZ” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
    Guvohnoma: №0987. Berilgan sanasi: 22.06.2015-yil. Muassis: “WEB EXPERT” MCHJ. Tahririyat manzili: 100043, Toshkent shahri, K. Yormatov koʻchasi, 12-uy. Elektron manzil: info@kun.uz.
    Saytda eʼlon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Kun.uz tahririyati nuqtayi nazarini ifoda etmasligi mumkin.
    Ⓣ - maqola va materiallarda qo‘yilgan mazkur belgi ularning tijorat va reklama huquqlari asosida eʼlon qilinganligini bildiradi.

    Comments

    http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

    0 comment

    Write the first comment for this!