qarashlar
Qoʻshimcha funksionallar
Jahon | 19:38 230 2 daqiqa o‘qiladi Muhammad al-Bashir Suriya o‘tish davri hukumati rahbari etib tayinlandiU Asad rejimining ag‘darilishiga rahbarlik qilgan «Hay’at Tahrir ash-Shom» guruhi yetakchisi Abu Muhammad al-Jo‘laniyning yaqin safdoshi hisoblanadi.
Foto: AFP
Muhammad al-Bashir Suriya o‘tish davri hukumati rahbari etib tayinlanganini ma’lum qildi, deb xabar beradi Al-Arabiya. U mazkur lavozimda 2025 yil 1 martga qadar faoliyat yuritadi.
Muhammad al-Bashir 2024 yil yanvardan beri «Hay’at Tahrir ash-Shom» guruhi Idlibda shakllantirgan Suriya najot hukumatini boshqarib kelayotgan edi. U guruh yetakchisi Abu Muhammad al-Jo‘laniyning yaqin safdoshi hisoblanadi.
Muhammad al-Bashir Suriyaning vaqtincha hukumatini shakllantirishi haqida 9 dekabr kuni Al-Jazeera telekanali xabar bergandi. Shundan keyin Suriyaning hokimiyatdan ag‘darilgan prezidenti Bashar Asadning bosh vaziri Muhammad G‘ozi al-Jaloliy hokimiyatni topshirishga tayyor ekanini bildirgan edi.
8 dekabr kuni Suriyada 24 yildan beri hokimiyat tepasida bo‘lib kelgan Bashar Asad rejimi quladi. Asad prezidentlik lavozimini tashlab, qochib ketdi va Rossiyadan boshpana oldi. RF prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovga ko‘ra, Bashar Asad va uning oilasiga boshpana berish to‘g‘risidagi qarorni shaxsan Putinning o‘zi qabul qilgan.
Avvalroq Qo‘shma Shtatlar Bashar Asadning qaynotasi Favaz Axrasni Suriyaning hokimiyatdan ag‘darilgan hukmdoriga «moliyaviy, moddiy yoki texnologik yordam ko‘rsatgani» uchun qayta sanksiyalar kiritgan edi.
Suriyada qurolli muxolifatning 2024 yil 27 noyabridan boshlangan keng ko‘lamli harbiy harakatlari oradan 12 kun o‘tib, 8 dekabrda Damashqning qulashiga olib keldi. Mamlakatda Asadlar sulolasining 53 yillik hukmronligi yakun topdi.
18:17
16:18
16:17
16:15
“KUN.UZ” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
Guvohnoma: №0987. Berilgan sanasi: 22.06.2015-yil. Muassis: “WEB EXPERT” MCHJ. Tahririyat manzili: 100043, Toshkent shahri, K. Yormatov koʻchasi, 12-uy. Elektron manzil: info@kun.uz.
Saytda eʼlon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Kun.uz tahririyati nuqtayi nazarini ifoda etmasligi mumkin.
Ⓣ - maqola va materiallarda qo‘yilgan mazkur belgi ularning tijorat va reklama huquqlari asosida eʼlon qilinganligini bildiradi.
Comments
0 comment