menu
Isroil Suriya dengiz flotini butunlay yo‘q qildi.
Isroil qo‘shinlari «Suriya va Jo‘lan tepaliklari o‘rtasidagi» bufer zonani mustahkamlayotgani ta’kidlanmoqda.

Qoʻshimcha funksionallar

  • Tungi ko‘rinish

Jahon | 21:10 1883 2 daqiqa o‘qiladi Isroil Suriya dengiz flotini butunlay yo‘q qildi

Isroil qo‘shinlari «Suriya va Jo‘lan tepaliklari o‘rtasidagi» bufer zonani mustahkamlayotgani ta’kidlanmoqda.

Foto: Aaref Watad/AFP/Getty Images

Isroil Harbiy dengiz kuchlari 9 dekabr oqshomida o‘tkazilgan operatsiya davomida Suriya Harbiy dengiz kuchlarini yo‘q qildi. Bu haqda Isroil mudofaa vaziri Israel Kats ma’lum qildi.

Isroil mudofaa vazirining aytishicha, Isroil qo‘shinlari «Suriya va Jo‘lan tepaliklari o‘rtasidagi» bufer zonani mustahkamlamoqda. Kats Isroilga har qanday tahdidning oldini olish uchun Suriya janubida Isroil kuchlarining doimiy ishtirokisiz «steril mudofaa zonasi» yaratishga chaqirdi.

Isroil qo‘shinlari, OAV xabarlariga ko‘ra, 9 dekabr kuni Suriyadagi, jumladan, Xama va Xoms viloyatlari, shuningdek, Rossiya harbiy bazalari joylashgan Lazqiyadagi 250 dan ortiq harbiy obektlarga hujum qilgan.

Suriyaning Tartus shahrida joylashgan Rossiya harbiy kemalari Bashar Asad hokimiyatdan ag‘darilganidan so‘ng, bazani tark etib, O‘rtayer dengizida qirg‘oqdan 13 kilometr uzoqlikda joylashgan.

Isroil armiyasi Suriyada Asad rejimining ag‘darilishi fonida Jo‘lan tepaliklaridagi bufer zonaga o‘z kuchlarini joylashtirdi. Isroil mudofaa kuchlari Isroil fuqarolarining xavfsizligini ta’minlash uchun chegarani mustahkamlayotganini aytdi.

BMT Isroilni Suriyadagi harbiy amaliyotlarni to‘xtatishga chaqirdi.

Suriyada qurolli muxolifatning 2024 yil 27 noyabridan boshlangan keng ko‘lamli harbiy harakatlari oradan 12 kun o‘tib, 8 dekabrda Damashqning qulashiga olib keldi. Mamlakatda Asadlar sulolasining 53 yillik hukmronligi yakun topdi.

19:38

18:17

16:39

16:18

  • “KUN.UZ” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
    Guvohnoma: №0987. Berilgan sanasi: 22.06.2015-yil. Muassis: “WEB EXPERT” MCHJ. Tahririyat manzili: 100043, Toshkent shahri, K. Yormatov koʻchasi, 12-uy. Elektron manzil: info@kun.uz.
    Saytda eʼlon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Kun.uz tahririyati nuqtayi nazarini ifoda etmasligi mumkin.
    Ⓣ - maqola va materiallarda qo‘yilgan mazkur belgi ularning tijorat va reklama huquqlari asosida eʼlon qilinganligini bildiradi.

    Comments

    http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

    0 comment

    Write the first comment for this!