qarashlar
Qoʻshimcha funksionallar
Jahon | 20:05 336 2 daqiqa o‘qiladi Honda 300 mingga yaqin avtomobilini chaqirib oladiAQSh regulyatoriga ko‘ra, ushbu mashinalarning elektron tormozlanish tizimi avtomatik ravishda ishlab ketmoqda.
Foto: Honda
AQShda Honda markasidagi 295 ming donadan ortiq avtomobil chaqirib olinadi. Yo‘l harakati xavfsizligi milliy boshqarmasiga (NHsA) ko‘ra, bunga elektron tormozlanish tizimi avtomatik ishlab ketayotgani sabab bo‘lgan, deb yozadi Reuters.
Amerika regulyatorining hisoblashicha, ushbu nuqson keskin tormozlanish sabab to‘qnashuv xavfini oshirishi mumkin.
Chaqirib olinadigan avtomobillar qatoridan 2019-2022 yillarda ishlab chiqarilgan Honda Passport va Honda Insight modellari o‘rin oldi. Honda kompaniyasi, o‘z navbatida, bu kabi nuqson bilan bog‘liq 412 ta holat aniqlanganini ma’lum qildi.
Dekabr oxirlarida Tesla kompaniyasi shinalarda bosimni nazorat qilish tizimidagi muammolar sabab AQShdagi 694 mingdan ziyod avtomobilini chaqirib olishi ma’lum bo‘lgandi. Undan oldin esa AQSh Yo‘l harakati xavfsizligi milliy boshqarmasi Hyundai Tucson va Santa Cruz avtomobillari tormoz tepkisi bosilmagan taqdirda ham «avtoturargoh» rejimidan chiqib ketishi mumkinligidan ogohlantirgan edi.
18:50
16:53
00:12
23:30 / 19.01.2025
“KUN.UZ” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
Guvohnoma: №0987. Berilgan sanasi: 22.06.2015-yil. Muassis: “WEB EXPERT” MCHJ. Tahririyat manzili: 100043, Toshkent shahri, K. Yormatov koʻchasi, 12-uy. Elektron manzil: info@kun.uz.
Saytda eʼlon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Kun.uz tahririyati nuqtayi nazarini ifoda etmasligi mumkin.
Ⓣ - maqola va materiallarda qo‘yilgan mazkur belgi ularning tijorat va reklama huquqlari asosida eʼlon qilinganligini bildiradi.
Comments
0 comment