qarashlar
Shohrux Daliyev oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari, Otabek Mahkamov esa vazir o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Ushbu xabarni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga tasdiqladi.
Shohrux Daliyev 2012—2017-yillarda Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligining Kadrlar tayyorlash va oliy taʼlim muassasalarini tashkiliy-metodik taʼminlash bosh boshqarmasi bosh mutaxassisi, 2017—2024-yillarda Vazirlar Mahkamasining taʼlim va ilm-fan masalalariga masʼul departament va kotibiyatlarida o‘rta maxsus, professional taʼlim, oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim hamda oliy taʼlim ilm-fanini rivojlantirish bo‘yicha bosh mutaxassis lavozimlarida faoliyat yuritib kelgan.
Otabek Mahkamov esa bunga qadar Prezident administratsiyasida mas’ul lavozimlarda ishlagan. U huquqshunos-olim sifatida Toshkent davlat yuridik universiteti hamda Davlat boshqaruvi akademiyasida uzoq yillar kafedra mudiri, dekan kabi lavozimlarda samarali mehnat qilgan.
2021-yildan beri oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari sifatida Komiljon Karimov ishlab kelayotgandi. Tayinlovga qadar u 2020-yilning 17-sentyabridan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
Comments
0 comment