menu
Dunyoda qahva narxi rekord darajada qimmatlashdi.
Braziliya va Vetnamdagi plantatsiyalar noqulay ob-havo sharoitidan jabr ko‘rgani fonida qahva narxi qimmatlashishni davom etmoqda.

Qoʻshimcha funksionallar

  • Tungi ko‘rinish

Jahon | 21:13 385 2 daqiqa o‘qiladi Dunyoda qahva narxi rekord darajada qimmatlashdi

Foto: Getty Images 

Qahvani yaxshi ko‘ruvchi insonlar tez orada o‘zlarining tongi sevimli ichimligi narxi qimmatlashishiga duch kelishi mumkin, chunki xalqaro savdo bozorlarida qahva narxi tarixdagi eng yuqori ko‘rsatkichga chiqdi, deb xabar beradi BBC.

Qayd etilishicha, 10 dekabr kuni jahonda eng ko‘p yetishtiriladigan arabika navli qahvalar narxi bir funti uchun (0,45 kilogramm) 3,44 dollardan oshgan. Bu dunyodagi eng yirik ikki qahva yetishtiruvchi — Braziliya va Vetnam noqulay ob-havo sharoitidan jabr ko‘rgani, ammo ichimlik tobora ommalashib borayotgani fonida yuz bermoqda.

Ekspertlardan birining BBC’ga ma’lum qilishicha, qahva brendlari joriy yilning o‘zida narxlarni oshirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Tuan Loc Commodities bosh direktori Vin Nguenning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi yillarda yirik qahva ishlab chiqaruvchilar o‘z mijozlarini yo‘qotmaslik va bozordagi ulushini saqlab qolish uchun narxlarni oshirmay kelgan, ammo endi vaziyat o‘zgaradi. «JDE Peet, Nestle va boshqa shu kabi brendlar xomashyo narxining oshishi tufayli zarbalarni qabul qilib olmoqda», — deydi u.

Qahva hosildorligining kamayib ketishi bo‘yicha bundan oldingi rekord 1977 yilda — Braziliyadagi plantatsiyalarga kutilmaganda qor yog‘ganida kuzatilgan edi. Ta’kidlanishicha, Braziliyaning 2025 yilgi hosiliga oid xavotirlar narxlar ko‘tarilishiga asosiy omil hisoblanadi.

17:34

00:37 / 25.11.2024

19:47 / 22.11.2024

17:01 / 18.11.2024

  • “KUN.UZ” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
    Guvohnoma: №0987. Berilgan sanasi: 22.06.2015-yil. Muassis: “WEB EXPERT” MCHJ. Tahririyat manzili: 100043, Toshkent shahri, K. Yormatov koʻchasi, 12-uy. Elektron manzil: info@kun.uz.
    Saytda eʼlon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Kun.uz tahririyati nuqtayi nazarini ifoda etmasligi mumkin.
    Ⓣ - maqola va materiallarda qo‘yilgan mazkur belgi ularning tijorat va reklama huquqlari asosida eʼlon qilinganligini bildiradi.

    Comments

    http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

    0 comment

    Write the first comment for this!