qarashlar
Qoʻshimcha funksionallar
Jahon | 22:02 246 2 daqiqa o‘qiladi Dunyoda internet erkinligi darajasi pasayib borayotgani qayd etildiO‘zbekiston internet erkinligi darajasi bo‘yicha reytingda quyi o‘rinlardan birini egalladi.
Foto: Freedom House
Freedom House xalqaro inson huquqlari tashkiloti «Internet tarmog‘idagi erkinlik» (Freedom on the Net) yillik hisobotini e’lon qildi. Tadqiqot 2023 yil iyunidan 2024 yil mayigacha bo‘lgan davrni qamrab oladi.
Hisobotda 72 da davlat tahlil qilingan va 3 ta toifaga ajratilgan: Internet tarmog‘i erkin, qisman erkin va erkin emas.
Hisobotga ko‘ra, O‘zbekiston 100 balldan 27 ball to‘pladi va Internet tarmog‘i erkin bo‘lmagan davlatlar qatoridan joy oldi. Shuningdek, bu toifada Ozarboyjon, Qozog‘iston, Belarus, Rossiya, Xitoy, Eron, Myanmar, Saudiya Arabistoni, Turkiya, BAA, Venesuela va Viyetnam ham bor. Xitoy va Myanmar dunyodagi eng yomon internet erkinligiga ega davlat sifatida qayd etilgan.
Islandiya va Estoniya internet erkinligi sohasida yetakchilar sifatida tan olingan. Bu toifada Armaniston, Fransiya, Kanada, Gurjiston, Germaniya, Italiya, Yaponiya, Janubiy Afrika, AQSh va Buyuk Britaniya ham bor.
Umuman olganda, hisobot mualliflari ta’kidlaganidek, so‘nggi 14 yil davomida butun dunyo bo‘ylab internet erkinligi darajasi izchil pasayishda davom etmoqda.
Internetdagi erkinlik darajasiga ta’sir etuvchi asosiy sabablar qatorida saylovlarga aralashish va internetda o‘z fikr-mulohazalarini erkin bildirish uchun repressiyalarning kuchayishi qayd etilgan.
Hisobotga ko‘ra, 2023 yilda kamida 43 mamlakatda odamlar o‘z fikrini bildirgani va internetda faol bo‘lgani uchun hujumga uchragan yoki o‘ldirilgan.
19:22
18:13
19:12 / 14.10.2024
20:42 / 06.10.2024
“KUN.UZ” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
Guvohnoma: №0987. Berilgan sanasi: 22.06.2015-yil. Muassis: “WEB EXPERT” MCHJ. Tahririyat manzili: 100043, Toshkent shahri, K. Yormatov koʻchasi, 12-uy. Elektron manzil: info@kun.uz.
Saytda eʼlon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Kun.uz tahririyati nuqtayi nazarini ifoda etmasligi mumkin.
Ⓣ - maqola va materiallarda qo‘yilgan mazkur belgi ularning tijorat va reklama huquqlari asosida eʼlon qilinganligini bildiradi.
Comments
0 comment