qarashlar
Qoʻshimcha funksionallar
Jamiyat | 18:27 774 1 daqiqa o‘qiladi Bemorni tabibga olib borgan mashina tez yordam xizmatiga tegishli emasligi ma’lum qilindiFarg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida tabibning oldiga borgan mashina 103 xizmatiga tegishli emas, deb munosabat bildirdi Respublika tez tibbiy yordam markazi. Mashina Toshkent shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan xususiy klinikalardan biriga qarashli bo‘lgan.
Foto: Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda tez tibbiy yordam mashinasi belgilarini eslatuvchi avtomashina tabibning oldiga bemorni olib borgani videosi tarqaldi. Holatga Respublika tez tibbiy yordam markazi rasmiy munosabat bildirdi. Unga ko‘ra, Qo‘qon shahrida yashovchi “qo‘qonlik tabib” I.Soliyev huzuriga avtomashinada bemor olib borilgan. Avtotransport vositasi 103 xizmatiga tegishli emasligi va u Toshkent shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan xususiy klinikalardan biriga qarashli ekani ma’lum qilingan. “Videolavhadagi avtotransport vositasining orqa eshigida ko‘rsatilgan telefon raqami ham 103 xizmatiga taalluqli emas. Shuningdek, Farg‘ona viloyatidagi barcha tez tibbiy yordam mashinalarida 103 xizmatiga doir logotiplar tushirilgan”, – deyiladi rasmiy munosabatda.
Oldinroq Kun.uz muxbiri qo‘qonlik tabib Iqbol Soliyevning bemorlarga qilayotgan “universal muolajasi” haqida surishtiruv e’lon qilgan edi.
20:04 / 07.10.2024
09:10 / 20.09.2024
14:59 / 27.07.2024
14:16 / 04.06.2024
“KUN.UZ” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
Guvohnoma: №0987. Berilgan sanasi: 22.06.2015-yil. Muassis: “WEB EXPERT” MCHJ. Tahririyat manzili: 100043, Toshkent shahri, K. Yormatov koʻchasi, 12-uy. Elektron manzil: info@kun.uz.
Saytda eʼlon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Kun.uz tahririyati nuqtayi nazarini ifoda etmasligi mumkin.
Ⓣ - maqola va materiallarda qo‘yilgan mazkur belgi ularning tijorat va reklama huquqlari asosida eʼlon qilinganligini bildiradi.
Comments
0 comment