menu
Bandlik vaziriga birinchi o‘rinbosar tayinlandi.
Prezident administratsiyasida shuba mudiri bo‘lib ishlab kelgan Marat Jo‘rayev kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Avvalroq bu lavozimga tayinlangan Zafar Azimov uch haftaga bormay boshqa ishga o‘tkazilgandi.

Qoʻshimcha funksionallar

  • Tungi ko‘rinish

O‘zbekiston | 18:24 1379 1 daqiqa o‘qiladi Bandlik vaziriga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Prezident administratsiyasida shuba mudiri bo‘lib ishlab kelgan Marat Jo‘rayev kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Avvalroq bu lavozimga tayinlangan Zafar Azimov uch haftaga bormay boshqa ishga o‘tkazilgandi.

Marat Jo‘rayev / Foto: Bandlik vazirligi

Marat Yo‘ldoshevich Jo‘rayev kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Vazirlik matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Jo‘rayev tayinlovga qadar Prezident administratsiyasining bank sohasi, moliya bozori va moliyaviy texnologiyalarni rivojlantirish shubasi mudiri lavozimida ishlagan.

Bandlik vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga 2024 yil 11 dekabr kuni Xalq banki raisining o‘rinbosari bo‘lgan Zafar Azimov tayinlangan, lekin ko‘p o‘tmay, dekabr oyi oxirida u Jizzax viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimiga o‘tkazilgandi.

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri lavozimida 2024 yil 23 sentabrdan buyon Botir Zohidov faoliyat olib bormoqda.

19:53 / 17.01.2025

10:41 / 16.01.2025

16:31 / 10.01.2025

14:46 / 03.01.2025

  • “KUN.UZ” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
    Guvohnoma: №0987. Berilgan sanasi: 22.06.2015-yil. Muassis: “WEB EXPERT” MCHJ. Tahririyat manzili: 100043, Toshkent shahri, K. Yormatov koʻchasi, 12-uy. Elektron manzil: info@kun.uz.
    Saytda eʼlon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Kun.uz tahririyati nuqtayi nazarini ifoda etmasligi mumkin.
    Ⓣ - maqola va materiallarda qo‘yilgan mazkur belgi ularning tijorat va reklama huquqlari asosida eʼlon qilinganligini bildiradi.

    Comments

    http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

    0 comment

    Write the first comment for this!