qarashlar
Qoʻshimcha funksionallar
Jahon | 16:10 429 2 daqiqa o‘qiladi AQSh RF va XXRni ASEAN davlatlari bayonotini bloklashda aybladiRossiya va Xitoy Osiyo va Okeaniya yetakchilarining Janubiy Xitoy dengizi masalalari bo‘yicha taklif qilingan konsensus bayonotini rad etdi, dedi Reuters agentligiga AQSh rasmiysi.
Foto: Adrian Bradshaw / Getty Images
Rossiya va Xitoy Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasi (ASEAN) mamlakatlari tomonidan tayyorlangan Sharqiy Osiyo sammiti uchun taklif qilingan konsensus bayonotini blokladi, deb xabar berdi Reuters 12 oktyabr, shanba kuni o‘z ismini oshkor etmagan amerikalik rasmiyga tayanib. Uning aniqlik kiritishicha, Rossiya Federatsiyasi va Xitoy Xalq Respublikasi tomonidan blokka asosan bahsli Janubi-Xitoy dengizi bo‘yicha iboralarga nisbatan e’tirozlar sabab bo‘lgan.
10 ta davlatdan iborat ASEAN konsensusi asosida ishlab chiqilgan bayonot loyihasi 10 oktyabr kuni kechqurun Laosda bo‘lib o‘tgan Sharqiy Osiyoning 18 davlati yig‘ilishida taqdim etildi, dedi agentlik suhbatdoshi. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh, Yaponiya, Avstraliya, Janubiy Koreya va Hindiston vakillari loyihani qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini bildirishgan, biroq rossiyaliklar va xitoyliklar bu bayonotni «qabul qilolmasligini va qabul qilmasligini» aytgan.
Reuters ta’kidlaganidek, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov juma kuni Ventyandagi matbuot anjumanida yakuniy deklaratsiya «AQSh, Yaponiya, Janubiy Koreya, Avstraliya va Yangi Zelandiyaning uni sof siyosiy bayonotga aylantirishga bo‘lgan doimiy urinishlari» tufayli qabul qilinmaganini aytdi.
10:09
13:07 / 13.10.2024
16:29 / 12.10.2024
20:53 / 11.10.2024
“KUN.UZ” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
Guvohnoma: №0987. Berilgan sanasi: 22.06.2015-yil. Muassis: “WEB EXPERT” MCHJ. Tahririyat manzili: 100043, Toshkent shahri, K. Yormatov koʻchasi, 12-uy. Elektron manzil: info@kun.uz.
Saytda eʼlon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Kun.uz tahririyati nuqtayi nazarini ifoda etmasligi mumkin.
Ⓣ - maqola va materiallarda qo‘yilgan mazkur belgi ularning tijorat va reklama huquqlari asosida eʼlon qilinganligini bildiradi.
Comments
0 comment