menu
2025-yilda MTRKga byudjetdan o‘tgan yilgiga qaraganda 300 mlrd so‘m ko‘proq mablag‘ ajratiladi 
Shuningdek, kelasi yili O‘zbekiston Milliy axborot agentligiga 40,7 mlrd so‘m ajratilishi belgilandi

O‘zbekistonda 2025-yili qaysi davlat idorasi byudjetdan qancha mablag‘ olishi haqida xabar berilgan edi. Iqtisodiyot va moliya vazirligi eʼlon qilgan ro‘yxatda MTRK hamda O‘zAga ham qancha mablag‘ ajratilishi qayd etilgan.

Jumladan, O‘zbekiston Milliy teleradiokanali kompaniyasiga 881,4 mlrd so‘m ajratiladi. Bu — 2024-yilgiga qaraganda 322 mlrd so‘m ko‘p (559 mlrd 913,6 mln).

Shuningdek, O‘zbekiston Milliy axborot agentligiga 40,7 mlrd so‘m ajratiladi. Maʼlumot uchun, tashkilotga 2024-yili 36 mlrd 721,3 mln so‘m yo‘naltirilgan edi.

Tashkilotlar ushbu mablag‘larni qay maqsadlarda yo‘naltirishi byudjetnomada ko‘rsatilgan. Jumladan, joriy xarajatlar, obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va hokazo.

Avvalroq O‘zbekistonda 2025-yilda ish haqi va pensiyalarni oshirishga qancha mablag‘ ajratilishi ma’lum qilingani haqida xabar berilgandi.

Qonun loyihasi hamda Byudjetnomaning to‘liq matni bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!