menu
Rossiyaga sudlangan migrantlar umrbod kiritilmasligi mumkin
Hozirda migratsiya siyosatida chet el fuqarolarini Rossiyaga maʼlum muddatga kiritmaslik choralari mavjud

Rossiyaga jinoyat toifasidan qat’iy nazar sudlangan migrantlarni umrbod kiritmaslik taklif qilindi. Tegishli qonun loyihasi Davlat Dumasiga taqdim etish uchun Leonid Slutskiy boshchiligidagi Rossiya Liberal-demokratik partiyasi fraksiyasi tomonidan tayyorlangan. Bu haqda “Izvestiya” xabar berdi.

Amaliyotga ko‘ra, chet el fuqarosining mamlakatda bo‘lishini istamaslik to‘g‘risidagi qaror sudlanganlikni olib tashlash muddatiga tengdir. Kichik va o‘rtacha og‘irlikdagi jinoyatlar uchun mamlakatga kirishni taqiqlash jazoni o‘tagach uch yil, og‘ir jinoyatlar uchun – sakkiz yil, o‘ta og‘ir jinoyatlar uchun – 10 yil muddatga amal qiladi.

Deportatsiya qilingan yoki readmissiya shartnomasi bo‘yicha ko‘chirilgan chet el fuqarolari mamlakatga kirishiga besh yilga, qayta qaror qabul qilingan taqdirda esa 10 yilga taqiqlanadi.

Tashabbus mualliflari sudlanganlik holati bor yoki oqlanganidan qat’iy nazar xorijliklarning mamlakatga kirishini umrbodga taqiqlashni taklif qilmoqda. Bu fuqarolarni ehtimoliy tahdidlardan himoya qilishda zarurligi ta’kidlangan. 

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!