qarashlar
Qoʻshimcha funksionallar
Iqtisodiyot | 14:34 131 2 daqiqa o‘qiladi 2024 yilda qaysi yo‘nalishga qancha subsidiya ajratiladi?O‘zbekistonda kelasi yil energetika, issiqlik ta’minoti, xususiy bog‘chalar va boshqalarga davlat budjetidan jami 28,3 trln co‘m subsidiya ajratish ko‘zda tutilmoqda. Bu – ijtimoiy nafaqa to‘lovlari, ilm-fan, madaniyat va sportga ajratilayotgan mablag‘lar yig‘indisidan ham ko‘proq. Eng ko‘p subsidiya energetika sohasi uchun beriladi – 12,3 trln so‘m.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2025–2027 yillar uchun Budjetnoma loyihasini e’lon qildi. Unda keltirilgan 2024 yilgi budjet ijrosi tahliliga ko‘ra, joriy yilda subsidiyalar uchun 28,9 trln so‘m sarflanishi kutilyapti. Bu – davlat budjeti xarajatlarining 9,1 foiziga teng.
Xususan, yil oxirigacha energetika sohasini qo‘llab-quvvatlashga umumiy hisobda 16,2 trln so‘m ajratishga to‘g‘ri keladi.
2025 yilda davlat budjeti hisobidan ijtimoiy-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, eksportni rag‘batlantirish, qishloq xo‘jaligi, aholi bandligini ta’minlash kabi sohalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash maqsadida ajratilishi belgilangan subsidiyalarning umumiy qiymati 28,3 trln so‘mni tashkil etadi. Bu – davlat budjeti daromadlarining 8,2 foizi degani.
Ayrim sohalarga davlat budjetidan ajratiladigan subsidiya miqdori quyidagicha:
Taqqoslash uchun, 2025 yilda ijtimoiy nafaqa to‘lovlariga 17,3 trln so‘m, ilm-fanga 2,3 trln so‘m, madaniyat sohasiga 3,8 trln so‘m, sport sohasiga 3,3 trln so‘m, shu to‘rtta yo‘nalishga jami 26,7 trln so‘m ajratish reja qilingan.
Boshqacha aytganda, subsidiyalarga ajratilayotgan mablag‘ (28,3 trln so‘m) ijtimoiy nafaqa to‘lovlari, ilm-fan, madaniyat va sportga ajratilayotgan jami mablag‘lardan (26,7 trln so‘m) ko‘proqni tashkil qiladi.
15:50 / 05.10.2024
10:27 / 14.09.2024
12:24 / 29.08.2024
11:00 / 17.08.2024
“KUN.UZ” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
Guvohnoma: №0987. Berilgan sanasi: 22.06.2015-yil. Muassis: “WEB EXPERT” MCHJ. Tahririyat manzili: 100043, Toshkent shahri, K. Yormatov koʻchasi, 12-uy. Elektron manzil: info@kun.uz.
Saytda eʼlon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Kun.uz tahririyati nuqtayi nazarini ifoda etmasligi mumkin.
Ⓣ - maqola va materiallarda qo‘yilgan mazkur belgi ularning tijorat va reklama huquqlari asosida eʼlon qilinganligini bildiradi.
Comments
0 comment