menu
2024 yilda O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi qariyb 15 mlrd dollarga yetdi.
O‘tgan yilda O‘zbekistonga kirib kelgan pul o‘tkazmalari miqdori 14,8 mlrd dollarni tashkil qildi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 30 foizga yoki 3,4 mlrd dollarga ko‘p. Hisobot davrida pul o‘tkazmalarining o‘sishi Buyuk Britaniyadan 83 foiz, Janubiy Koreyadan 56 foiz, AQShdan 35 foiz hamda Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridan 32 foiz bo‘lgan.

Qoʻshimcha funksionallar

  • Tungi ko‘rinish

Iqtisodiyot | 16:28 386 3 daqiqa o‘qiladi 2024 yilda O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi qariyb 15 mlrd dollarga yetdi

O‘tgan yilda O‘zbekistonga kirib kelgan pul o‘tkazmalari miqdori 14,8 mlrd dollarni tashkil qildi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 30 foizga yoki 3,4 mlrd dollarga ko‘p. Hisobot davrida pul o‘tkazmalarining o‘sishi Buyuk Britaniyadan 83 foiz, Janubiy Koreyadan 56 foiz, AQShdan 35 foiz hamda Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridan 32 foiz bo‘lgan.

Foto: Patrick T. Fallon / Bloomberg

2024 yilda O‘zbekistonga kirib kelgan pul o‘tkazmalari miqdori 14,8 mlrd dollarni tashkil qildi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 30 foizga yoki 3,4 mlrd dollarga ko‘p. Bu haqda Markaziy bankning «Jismoniy shaxslarning valuta operatsiyalari bo‘yicha qisqacha sharhi»da ma’lum qilindi

Mablag‘larning 77 foizi Rossiyadan (11,5 mlrd dollar) kelib tushgan bo‘lib, 2023 yilga nisbatan 29 foizga oshgan. Mazkur transfertlarning qolgan qismi Qozog‘iston (795 mln dollar), AQSh (577 mln dollar), Janubiy Koreya (534 mln dollar), Turkiya (405 mln dollar), Buyuk Britaniya (135 mln dollar) va boshqa mamlakatlardan o‘tkazilgan.

Oylar kesimida olinganda, eng ko‘p o‘tkazmalar iyulda (1 mlrd 785 mln dollar) amalga oshirilgan bo‘lsa, eng kami fevralda (738 mln dollar) o‘tkazilgan.

O‘tgan yilda O‘zbekistonga kelib tushgan transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmida 2023 yilga nisbatan Buyuk Britaniyadan 83 foiz, Janubiy Koreyadan 56 foiz, AQShdan 35 foiz hamda Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridan 32 foiz o‘sish kuzatilgan.

Ushbu davrda jismoniy shaxslarga kelib tushgan mablag‘larning 8,2 mlrd dollari an’anaviy xalqaro pul o‘tkazma tizimlari orqali (2023 yilga nisbatan o‘sish 14 foiz), 5,9 mlrd dollari xorijdan jismoniy shaxslarning bank kartalariga to‘g‘ridan to‘g‘ri (P2P) o‘tkazmalari orqali (o‘sish 51 foiz) hamda 774 mln dollari bank o‘tkazmasi (SWIFT) orqali (o‘sish 2,1 barobar) amalga oshirilgan.

Shuningdek, 2024 yilda O‘zbekistondan chet elga yuborilgan pul o‘tkazmalari hajmi 2,8 mlrd dollarni (2023 yilga nisbatan o‘sish 19 foiz) tashkil qilgan.

Valuta ayirboshlash operatsiyalari

2024 yilda banklar hamda jismoniy shaxslar o‘rtasidagi chet el valutasi oldi-sotdi operatsiyalari aylanmasining umumiy hajmi 2023 yilga nisbatan 19 foizga (4 mlrd dollar) ko‘payib, 25,5 mlrd dollarni tashkil etgan.

Mazkur davrda jismoniy shaxslar tomonidan banklarga 16,1 mlrd dollar miqdoridagi yoki 2023 yilga nisbatan 31 foizga ko‘p (2023 yilda 12,3 mlrd dollar) chet el valutasi sotilgan. Shu bilan birga, jismoniy shaxslar tomonidan banklardan xarid qilingan chet el valutasi hajmi 2023 yilga nisbatan 3 foizga o‘sib, 9,4 mlrd dollarga yetgan (2023 yilda 9,1 mlrd dollar).

Natijada, jismoniy shaxslar tomonidan banklarga sotilgan chet el valutasi hajmi sotib olingan chet el valutasi hajmidan 6,7 mlrd dollarga ko‘p bo‘lib, ushbu ijobiy farq o‘z navbatida ichki valuta bozorida qo‘shimcha taklif manbai bo‘lib xizmat qilgan.

19:59 / 18.12.2024

15:35 / 30.11.2024

17:09 / 07.11.2024

18:04 / 31.10.2024

  • “KUN.UZ” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
    Guvohnoma: №0987. Berilgan sanasi: 22.06.2015-yil. Muassis: “WEB EXPERT” MCHJ. Tahririyat manzili: 100043, Toshkent shahri, K. Yormatov koʻchasi, 12-uy. Elektron manzil: info@kun.uz.
    Saytda eʼlon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Kun.uz tahririyati nuqtayi nazarini ifoda etmasligi mumkin.
    Ⓣ - maqola va materiallarda qo‘yilgan mazkur belgi ularning tijorat va reklama huquqlari asosida eʼlon qilinganligini bildiradi.

    Comments

    http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

    0 comment

    Write the first comment for this!