menu
Zelenskiy G‘arb qo‘shinlarini Ukrainaga yuborishni muhokama qilmoqchi
Siyosatchi “Ukrainani mustahkamlovchi har qanday tashabbus butun dunyo uchun foydali” ekanini ta’kidladi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakatga Yevropa qo‘shinlarini yuborish ehtimoliga munosabat bildirdi. Bu haqda “Ukrainskaya pravda” xabar berdi.

Zelenskiy Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning Kiyevga navbatdagi tashrifi chog‘ida u bilan Ukrainaga qo‘shin yuborish tashabbusini muhokama qilmoqchi. Siyosatchi Rossiya bilan urushda Ukrainaning mudofaa qobiliyatini oshiradigan har qanday tashabbus yaxshi bo‘lishini ta’kidladi.

Parijda 26-fevral kuni Yevropa rasmiylari ishtirokida Ukrainani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Ukrainaga qo‘shinlar yuborish ehtimolini inkor etmadi. Bu ma’lumotni Slovakiya bosh vaziri Robert Fiko ham qo‘llab-quvvatladi. 

Kreml bu holatda “biz Rossiya va NATO o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri to‘qnashuv ehtimoli haqida emas, balki muqarrarligi haqida gapirishimiz kerak” deya munosabat bildirdi. NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg alyans Ukrainaga o‘z qo‘shinlarini yuborishni rejalashtirmayotganini aytdi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!