menu
HAMAS va Isroil o‘rtasidagi kelishuv tafsilotlari ochiqlandi 
Manbalar agar sulh matnida falastinliklarni tashvishga solayotgan “asosiy masalalar” ko‘tarilmasa, “munosabat ijobiy bo‘lishi” haqida aytgandi

Falastinning HAMAS harakati Isroil bilan o‘t ochishni to‘xtatish va garovdagilarni ozod qilish bo‘yicha bitimning yakuniy loyihasiga e’tiroz bildirmadi.

Isroil tomoni HAMASdan rasmiy javob olganini hozircha tasdiqlamadi. Shu bilan birga, Channel 12 ma’lumotlariga ko‘ra, ikkala tomon ham garovdagilar va mahbuslarni ayirboshlashga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

HAMAS loyihani qabul qilgani haqidagi ziddiyatli xabarlar ortidan harakatning rasmiy manbasi 13-yanvar kuni bitim loyihasi maxsus yig‘ilishda muhokama qilinishini ma’lum qilgandi. Nashr suhbatdoshining ta’kidlashicha, agar matnda falastinliklarni tashvishga solayotgan “asosiy masalalar” ko‘tarilmasa, “munosabat ijobiy bo‘ladi”.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, 12-yanvar kuni Dohada bo‘lib o‘tgan bilvosita muzokaralar davomida ilgari siljish kuzatilgan va 13-yanvar ertalab Qatar har ikki tomonga bitimning yakuniy matnini yetkazgan. Unda G‘azo sektoridagi garovdagilarni falastinlik mahbuslar evaziga ozod qilish, o‘t ochishni to‘xtatish, shuningdek, anklavni boshqarishning yangi tizimini muhokama qilishni o‘z ichiga olgan uch bosqichli kelishuv nazarda tutilgan.

EFE agentligi bitim 20-yanvargacha, ya’ni AQSHning saylangan prezidenti Donald Trampning lavozimga kirishish marosimigacha imzolanishi mumkinligini yozgan.

Axios nashri Isroil va G‘azodagi o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha vositachilar 24 soat ichida sulh bitimi loyihasi va anklavda garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha HAMAS harakatining javobini kutayotgani haqida yozgandi

Nashr jurnalistining aniqlik kiritishicha, “Isroil va vositachilar, xususan, Qatar, Misr va AQSH G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish va garovga olinganlarni ozod qilish to‘g‘risidagi bitim loyihasi bo‘yicha kelishuvga erishgan va u HAMASga yuborilgan”.

U bilan suhbatlashgan ikki isroillik amaldorning ta’kidlashicha, HAMASning javobi yaqin bir sutka ichida berilishi kutilmoqda.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!