qarashlar
Dunyoda sport mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha eng yirik kompaniyalardan biri bo‘lgan Nike o‘z iste’molchilarini hayratda qoldirishdan to‘xtamaydi. Kompaniya bir necha yillar davomida sportchilar qulayligi uchun yangi mahsulot ishlab chiqarish ustida izlandi va salomatlik texnologiyalari bilan ish olib boruvchi yirik korxona — Hyperice bilan hamkorlikda ikkita noodatiy qurilmani taqdim etdi.
Birinchi gadjet oyoqlarni uqalovchi maxsus poyabzal bo‘lib, u uch xil rejimda ishlaydi. Krossovkalar badantarbiya vaqtida oyoq to‘pig‘idan tortib barmoqlargacha uqalaydi. Qurilma batareya orqali quvvat oladi. Qulay jihati shundaki, har bir poyabzaldan alohida foydalanish mumkin.
Ikkinchi gadjet yuqori texnologiyali jilet bo‘lib, jismoniy mashqlar paytida tana haroratini kuzatib boradi va uni nazorat qilishga yordam beradi.
Innovatsion mahsulotlar, asosan, professional sportchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lsa-da, ular barcha uchun foydalidir. Siz hatto ofisda ishlayotganingizda ham qurilmalardan foydalanishingiz mumkin. Bu haqda Nike Athlete Innovation kompaniyasining direktori Tobi Xetfild o‘z fikrlarini bildirdi:
Nike o‘zining yangi mahsulotlari qachon sotuvga chiqarilishini keyinroq xabar beradi.
Comments
0 comment