qarashlar
Qoʻshimcha funksionallar
Jahon | 23:09 / 06.01.2025 565 2 daqiqa o‘qiladi Tesla’ning Xitoydagi yangi megafabrikasi o‘z faoliyatini boshladiMegafactory nomli ushbu zavod rekord darajada qisqa muddatda qurib bitkazilgan bo‘lib, u Megapack akkumulyator batareyalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.
Foto: Xinhua
Tesla gigafabrikasi yaqinidagi 200 ming metr kvadrat maydon sakkiz oy ichida Megafactory nomli yangi ulkan zavodga aylandi.
Tesla avtomobilarni yig‘ishga mo‘ljallangan zavodi qarshisida qad rostlagan ushbu megafabrika poydevorini 23 mayda quygan edi. Oradan yetti oy o‘tgach, 27 dekabr kuni test ishlab chiqarish jarayonlari boshlandi. Bu qurilish tezligi bo‘yicha nafaqat Tesla zavodlari orasida, balki Xitoydagi bunday ko‘lamli zavodlar ichida ham rekord o‘rnatdi. Tesla’ning Shanxaydagi birinchi zavodi 2019 yilda qariyb bir yil davomida qurilgandi.
Megafabrika ichki bozorda sotish va eksport uchun mo‘ljallangan Megapack akkumulyator batareyalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.
Tesla saytiga ko‘ra, har bir Megapack sig‘imi 3 mW·h ni tashkil etadi. Yangi megazavod yiliga 10 ming dona Megapack ishlab chiqarishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 2017 yilda Tesla kompaniyasi asoschisi Ilon Mask garov o‘ynab, 100 kun ichida Janubiy Avstraliyada Powerpack bufer batareyasini qurib bitkazgandi. Dastlab batareyaning quvvati 100 mW·h ni tashkil qilgan, biroq keyinroq 150 mW·h gacha kengaytirilgan.
12:13 / 06.01.2025
20:26 / 05.01.2025
15:05 / 04.01.2025
23:50 / 03.01.2025
“KUN.UZ” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
Guvohnoma: №0987. Berilgan sanasi: 22.06.2015-yil. Muassis: “WEB EXPERT” MCHJ. Tahririyat manzili: 100043, Toshkent shahri, K. Yormatov koʻchasi, 12-uy. Elektron manzil: info@kun.uz.
Saytda eʼlon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Kun.uz tahririyati nuqtayi nazarini ifoda etmasligi mumkin.
Ⓣ - maqola va materiallarda qo‘yilgan mazkur belgi ularning tijorat va reklama huquqlari asosida eʼlon qilinganligini bildiradi.
Comments
0 comment