qarashlar
Qoʻshimcha funksionallar
Jahon | 23:06 / 06.01.2025 401 2 daqiqa o‘qiladi Makron Ilon Maskni Germaniyadagi saylovlarga aralashishda aybladiIlon Mask parlament saylovlari arafasi o‘ng populistik «Germaniya uchun muqobil» partiyasini qo‘llab-quvvatlashini bildirgan. Uning fikricha, Germaniyani «faqat ushbu partiya qutqarishi mumkin».
Foto: AFP/Getty Images
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron amerikalik milliarder va X ijtimoiy tarmog‘i egasi Ilon Maskni Yevropa siyosatiga aralashishda aybladi. Bu haqda u fransuz elchilari qarshisida qilgan chiqishi davomida qayd etgan.
Makron Maskning ismini aytmagan, ammo Politico’ning yozishicha, uning nutqidan gap biznesmen haqida ketayotganini tushunish mumkin bo‘lgan.
«10 yil oldin dunyodagi eng yirik ijtimoiy tarmoqlardan birining egasi saylovlarga, shu jumladan, Germaniyadagi saylovlarga bevosita aralashishini kim ham tasavvur qilgandi», — deydi Fransiya prezidenti.
Makron o‘z nuqti davomida, shuningdek, Ukrainadagi urush mavzusiga ham to‘xtalib o‘tgan. Uning fikricha, Kiyev «hududiy masalalar bo‘yicha reallikka xos muzokaralarni» olib borishi kerak.
«Yevropa Ukraina uchun muhim xavfsizlik kafolatini zimmasiga olayotgan bir paytda AQSh bizga vaziyatni o‘zgartirishga yordam berishi va Rossiyani muzokaralar stoliga o‘tirishga ko‘ndirishi kerak», — deya ta’kidlaydi Makron.
Uning qayd etishicha, AQShning saylangan prezidenti Donald Trampning mojaroni qisqa muddatda hal etish borasidagi va’dasiga qaramay, «Ukraina uchun bunday tez va oson yechim bo‘lmaydi». Makron, shuningdek, Yevropa davlatlari Rossiya urushda g‘alaba qozonishiga yo‘l qo‘yib bera olmasligini, chunki bu xalqaro tartib va Yevropa xavfsizligini xavf ostiga qo‘yishini bildirgan.
Dekabr o‘rtalarida Ilon Mask parlament saylovlari arafasi o‘ng populistik «Germaniya uchun muqobil» (GuM) partiyasini qo‘llab-quvvatlashini bildirdgandi. «Germaniyani faqat GuM qutqarishi mumkin», — deb yozgan u X ijtimoiy tarmog‘iga. Germaniyada muddatidan oldin parlament saylovlari 23 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.
20:51 / 06.01.2025
00:58 / 04.01.2025
22:20 / 03.01.2025
23:08 / 01.01.2025
“KUN.UZ” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
Guvohnoma: №0987. Berilgan sanasi: 22.06.2015-yil. Muassis: “WEB EXPERT” MCHJ. Tahririyat manzili: 100043, Toshkent shahri, K. Yormatov koʻchasi, 12-uy. Elektron manzil: info@kun.uz.
Saytda eʼlon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Kun.uz tahririyati nuqtayi nazarini ifoda etmasligi mumkin.
Ⓣ - maqola va materiallarda qo‘yilgan mazkur belgi ularning tijorat va reklama huquqlari asosida eʼlon qilinganligini bildiradi.
Comments
0 comment