qarashlar
Ukraina Rossiya bilan navbatdagi almashinuv chog‘ida halok bo‘lgan 502 nafar ukrainalik harbiy jasadini qaytarib oldi. Bu haqda Ukraina harbiy asirlar ishi bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi shtab-kvartirasi xabar berdi.
Shtabning aniqlik kiritishicha, gap Donetsk, Zaporojye va Lugansk yo‘nalishlarida halok bo‘lgan ukrainalik askarlarning jasadlari haqida ketmoqda.
Bundan tashqari, Rossiyadagi o‘likxonalardan 17 nafar jasad Ukraina tomoniga yetkazilgan.
O‘z navbatida, Rossiya almashish doirasida Ukrainadagi urushda halok bo‘lgan Rossiya armiyasining 52 nafar askarining jasadini qabul qilib oldi. Rossiya tomonidan almashinuv Rossiya Mudofaa vazirligi boshchiligida amalga oshirildi.
Oxirgi harbiy jasadlar almashinuvi joriy yilning 8-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan edi. O‘shanda halok bo‘lgan 563 nafar ukrainalik harbiy xizmatchi Ukrainaga, 37 nafar rus harbiylarining jasadi esa Rossiyaga qaytarilgan edi. Ikki davlat o‘rtasida urush boshlanganidan buyon Rossiya va Ukraina muntazam ravishda halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning jasadlarini almashtiradi. Almashish jarayonida Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasi (XQXQ) vositachilik qiladi.
Comments
0 comment