menu
Sharqona shirinlik — holvaning foydali jihatlari va kimlarga iste’mol qilish tavsiya etilmaydi
Holva B guruh vitaminlarini o‘z ichiga oladi, ular stress bilan kurashishda yordam beradi, uyquni mustahkamlaydi, nerv tizimini sog‘lomlashiradi

Mazkur sharqona shirinlik ko‘plab vitaminlar va boshqa foydali moddalarga boy. Holvaning foydali jihatlari va kimlarga mumkin emasligi haqida ma’lumot beramiz.

Holvaning foydali xususiyatlari

Oqsil manbai hisoblanadi

Holva tarkibida taxminan 12 gramm oqsil bo‘lib, bu kunlik me’yorning 15 foizini tashkil etadi. Shu sababli holva oqsilli ovqat kam iste’mol qiladiganlar, mushak massasini oshirishni maqsad qilgan sportchilar, homilador ayollar va bolalar uchun foydali shirinlikdir. Oqsil energiya manbai hisoblanadi, u insonga hujayralarni tiklashda kerak, soch va tirnoqlarni mustahkamlashga yordam beradi, virus va mikroblarga qarshi chidamlilikni oshiradi. Oqsillar tana bo‘ylab vitaminlar, minerallarni tashishda zarur element hisoblanadi.

Nerv tizimini mustahkamlaydi

Holva B guruh vitaminlarini o‘z ichiga oladi, ular stress bilan kurashishda yordam beradi, uyquni mustahkamlaydi, nerv tizimini sog‘lomlashtiradi. Holva uzoq muddatli kasallikdan keyin tiklanishga yordam beradi, miya faoliyatini yaxshilaydi va ma’lumotlarni eslab qolish qobiliyatini oshiradi. Magniy B guruh vitaminlari bilan birgalikda nerv tizimi ishini yaxshilashda ham yordam beradi, depressiyadan, nevrozdan, hissiy zo‘riqishdan qutulishda samarali. Har qanday stress organizmda magniy zaxiralarini ko‘paytiradi va holva ushbu elementni to‘ldirish manbaidir.

Suyaklarni mustahkamlaydi

Mahsulot kalsiy va kaliyga boy, bu elementlar organizmda suyak to‘qimasi uchun zarur. Kalsiy nerv tizimi faoliyatini, arterial bosimning me’yorda bo‘lishi va qon ivishini ta’minlash uchun muhimdir. Agar organizmda yetarli darajada kalsiy bo‘lmasa, suyak va tishlar yemirilishni boshlaydi. Shuning uchun ushbu elementni o‘z vaqtida to‘ldirish harakat-tayanch tizimini mustahkamlash uchun muhimdir. Kalsiy shuningdek, mustahkam tirnoq va sog‘lom sochlar uchun zarur. Kaliy esa yurak urishini normallashtiradi, xotirani yaxshilaydi, miya hujayralarini kislorod bilan boyitadi va organizmdan toksinlarni chiqaradi.

Bir kunda qancha holva yeyish mumkin?

Bu mahsulot tarkibida ko‘p shakar mavjud, 100 gramm holvada taxminan 50 gramm shakar bo‘lishi mumkin. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining tavsiyalariga ko‘ra, shakar miqdori kaloriya bo‘yicha kunlik normaning 10 foizidan oshmasligi kerak. 100 gramm holvada kunlik shakar normasi mavjud, shuning uchun agar ratsionda boshqa shakarli yeguliklar bo‘lmasa, kuniga shuncha holva yeyishga ruxsat etilgan.

Ammo sog‘liq uchun xavfsizroq bo‘lgan miqdori — kuniga 30-50 gramm, bu miqdorda iste’mol qilish sog‘liqqa zarar bermaydi. Shuningdek, holvani iste’mol qilar ekansiz, uning kaloriyasini ham nazorat qilish kerak. Bu katta kaloriyali mahsulot bo‘lib, 100 gramm ya’ni bir porsiya taxminan 500 kkalni, kunlik kaloriya me’yorining 25-30 foizini tashkil qiladi.

Diabetga chalinganlar ham iste’mol qilishi mumkinmi?

Tarkibida ko‘p miqdorda shakar bo‘lgani uchun qonda shakar miqdori yuqori bo‘lganda uni tanovul qilish tavsiya etilmaydi. Diabet bilan og‘riganlar uchun izomalt qo‘shilgan holva mumkin, chunki unda shakar bo‘lmaydi. Izomaltning organizmda faqatgina 10 foizi o‘zlashtiriladi va juda oz miqdorda qondagi shakar darajasini oshirishi mumkin. Ammo bunda ham cheklovlar mavjud — kuniga 50-65 grammgacha, chunki izomaltning ko‘p miqdori hazm qilish tizimini buzishi mumkin.

Holvani iste’mol qilishda zarar va cheklovlar

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!