menu
Turkiya Ukraina bo‘yicha muzokaralarni qabul qilishga tayyorligini bildirdi 
Biroq tomonlarga muzokaralar bo‘yicha hech qanday reja taklif qilmagan

Turkiya tomonlar kelishadigan format va parametrlar doirasida Ukrainadagi mojaroni hal qilish bo‘yicha muzokaralar uchun maydon bo‘lishga tayyorligini ma’lum qildi, deya “RIA Novosti” xabar berdi.

Turkiya TIVdagi manbaning aniqlik kiritishicha, mamlakat hozircha tomonlarga muzokaralar bo‘yicha hech qanday rejani taklif qilmagan.

Manbaning ta’kidlashicha, Istanbul maxsus operatsiya boshidanoq muzokaralar orqali tinchlikka erishish tarafdori. Uning qo‘shimcha qilishicha, mamlakat Rossiya-Ukraina urushining dastlabki kunlarida mamlakat mojaro tomonlarini Antaliya va Istanbulda birlashtirgan va u yerda ular “tinchlikka juda yaqin kelgan”.

Nashr suhbatdoshi, bo‘layotgan ziddiyatda diplomatiya uchun joy ochish vaqti kelganini qayd etdi.

Joriy yilning 2-yanvar kuni Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan Belgiya tashqi ishlar vaziri Bernar Kenten bilan muzokaralar chog‘ida Ukrainadagi o‘t ochishni imkon qadar tezroq to‘xtatishga chaqirdi. Shuningdek, u mojaro tufayli yuzaga kelgan migratsiya, iqtisodiy va boshqa inqirozlarni tezroq to‘xtatish kerakligini aytdi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!