menu
Rossiya ilk bor Ukrainaga qit’alararo ballistik raketa uchirdi 
Hujum Astraxan viloyatidagi poligondan Dnepr shahriga amalga oshirilgani aytilmoqda

Rossiya 21-noyabr kuni ilk bor Dnepr bo‘ylab qit’alararo ballistik raketa uchirdi. Bu haqda Ukraina Qurolli kuchlari (UQK) xabar berdi.

Hujum Astraxan viloyatidagi poligondan amalga oshirilgani aytilmoqda. Ushbu ma’lumotning mustaqil tasdig‘i mavjud emas. Qit’alararo ballistik raketa besh ming kilometr masofani bosib o‘tishi mumkin, ammo ularning ba’zilari to‘qqiz ming kilometrdan ortiq masofaga mo‘ljallangan.

Ukraina havo hujumidan mudofaa kuchlari 21-noyabr kuni ertalab Rossiya qo‘shinlari tomonidan uchirilgan oltita X-101 qanotli raketalarini urib tushirgan. Qit’alararo ballistik raketa zarbasining oqibatlari haqida hech qanday ma’lumot yo‘q. Ammo ijtimoiy tarmoqlarda hujum aks etgan kadrlar tarqalgan:

Bu Ukraina armiyasi 19-noyabr kuni AQSHning uzoqqa uchuvchi ATACMS raketalari bilan Rossiyaga bergan zarbasi uchun javob bo‘lishi mumkin. O‘shanda Bryansk viloyatidagi qurol-yarog‘ ombori hujumga uchragandi. 

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!