menu
Peruda favqulodda holat: 32 kishi denge bezgagidan vafot etdi 
Mamlakatda o‘tkir virusga chalinish o‘tgan yilga nisbatan ikki baravar oshib ketdi

Peru hukumati denge bezgagi bilan kasallanish ko‘paygani sababli mamlakatning aksariyat hududlarida favqulodda holat e’lon qildi. Bu haqda Associated Press xabar berdi.

O‘tgan yili Perudagi denge epidemiyasi 18 kishining hayotiga zomin bo‘lgan edi. 2024-yilda qurbonlar soni 32 nafarga yetdi. 2024-yilning birinchi yetti haftasida Peruda 31 mingdan ortiq kasallik holatlari aniqlangan. Bu 2023-yilning shu davriga nisbatan ikki baravar ko‘pdir.

Mamlakatning 25 viloyatidan 20 tasida favqulodda holat e’lon qilingan. Bu hukumatga mablag‘larni yo‘naltirish, shuningdek, shifokorlar va hamshiralarni jabrlangan hududlarga tezda jo‘natish imkonini beradi.

Denge bezgagi o‘tkir virusli kasallikdir. Ko‘pgina hollarda virus yuqtirganlar yengil alomatlarga ega, ammo kasallik kuchli bosh og‘rig‘i, isitma va mushak og‘rig‘iga olib kelishi mumkin.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!