menu
NATO Ukrainaga qo‘shin yuborish masalasiga nuqta qo‘ydi
NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Ukrainaga jangovar qo‘shinlar yuborish imkoniyatini baholadi. Kreml bu muqarrar urushga olib kelishidan ogohlantirgandi

NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg alyans Ukrainaga o‘z qo‘shinlarini yuborishni rejalashtirmayotganini aytdi. Bu haqda u Associated Press agentligiga ma’lum qildi.

Stoltenbergning bayonoti Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning baʼzi G‘arb davlatlari Ukrainaga quruqlikdagi qo‘shinlarini yuborish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani haqidagi so‘zlari fonida e’lon qilindi. NATO bosh kotibi alyans Ukrainaga ko‘p yillar davomida misli ko‘rilmagan yordam ko‘rsatayotganini aytdi.

Parijda 26-fevral kuni Yevropa rasmiylari ishtirokida Ukrainani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Ukrainaga qo‘shinlar yuborish ehtimolini inkor etmadi. Bu ma’lumotni Slovakiya bosh vaziri Robert Fiko ham qo‘llab-quvvatladi. 

O‘z navbatida, Yevropaning boshqa davlatlari — Polsha, Chexiya, Shvetsiya Ukrainaga o‘z qo‘shinlarini yuborishni rejalashtirmaganini bildirib, bu fikrni qo‘llab-quvvatlamadi.

Kreml munosabati

Kreml bu holatda “biz Rossiya va NATO o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri to‘qnashuv ehtimoli haqida emas, balki muqarrarligi haqida gapirishimiz kerak” deya munosabat bildirdi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!