menu
Jizzaxda qariyb 1 mlrd so‘mlik qalbaki pullarni sotmoqchi bo‘lganlar qamoqqa olindi
Ular 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin

Jizzaxda qariyb 1 mlrd so‘mlik qalbaki pullarning muomalaga kiritilishining oldi olindi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Farg‘ona viloyatida yashovchi, 1980, 1983 va 1989-yillarda tug‘ilgan 3 nafar fuqaro o‘zaro til biriktirib, qalbaki 998 million 740 ming so‘m pulni Jizzax viloyatida 27 200 AQSH dollariga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Tergovga qadar tekshiruv davomida mazkur shaxslardan olingan 200, 100 va 20 ming so‘mlik kupyuralar ko‘rinishidagi qalbaki banknotlar purkagichli printer yordamida chop etilgani ma’lum bo‘ldi.

Qonunbuzarlarning ikki nafari muqaddam sudlangan shaxslar hisoblanadi.

Hozirda ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 176-moddasi 3-qismi “a” bandi (juda ko‘p miqdorda qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. 

Bundan huquqbuzarlik sodir qilganlar uchun kodeksda 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!