menu
Jerar Depardye yana jinsiy tajovuzda ayblanmoqda. Bu 2024-yilda Parij prokuraturasiga kelgan ikkinchi shikoyat
Jabrlanuvchining so‘zlariga ko‘ra, aktyor 2021-yilda syomka jarayonlarida unga jinsiy zo‘ravonlik qilgan va haqoratlagan

Fransuz aktyori Jerar Depardye yana jinsiy zo‘ravonlikda ayblanmoqda. Bu haqda “Pravila jizni” xabar berdi.

Holat 2021-yil sentyabr oyida Parijda “Yashil panjaralar” filmini suratga olish jarayonida sodir bo‘lgan.

Joriy yilning 23-fevral kuni Ameli ismli 53 yoshli sahna rassomi aktyor ustidan sudga shikoyat qildi. Syomka paytida Jerar Depardye unga ko‘p bor qattiqqo‘l munosabatda bo‘lgan, so‘ng unga jinsiy zo‘ravonlik ishlatgan. Aktyorni uning qo‘riqchilari to‘xtatib qolgan.

Bunday voqea Depardye bilan bog‘liq birinchi holat emas. Ayollarga nisbatan haqoratomuz so‘zlari uchun u allaqachon Fransiyaning eng oliy mukofoti – “Faxriy legion” ordenidan mahrum qilingan. Bundan avval ispaniyalik jurnalist Rut Basa aktyorni 1995-yilda sodir bo‘lgan jinsiy zo‘ravonlikda ayblagan edi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!