menu
Janubiy Afrika Respublikasi BRIKSni tark etishi mumkin
“Asosiy muxolifat partiyasi Rossiyaning do‘sti emas”, — deydi JARning Rossiyadagi elchisi

Agar prezidentlik saylovlaridan keyin muxolifat hokimiyatga kelsa, Janubiy Afrika Respublikasi tashqi siyosat yo‘nalishini o‘zgartirishi va BRIKSni tark etishi mumkin. Bu haqda “TASS”ga bergan intervyusida JARning Rossiyadagi elchisi Mzuvukile Jeff Maketuka ma’lum qildi.

Diplomat ta’kidlaganidek, bunga JARdagi bir guruh muxolif partiyalarning Rossiyaga nisbatan dushmanligi sabab bo‘lmoqda. Mekatukaga ko‘ra, buni Rossiyada tahlil qilish lozim. 

Avvalroq JAR prezidenti Siril Ramafosa mamlakatda umumiy saylovlar 2024-yil 29-mayda o‘tkazilishi haqida aytgan edi. JAR umumiy saylovda g‘alaba qozongan partiya rahbari mamlakatning yangi prezidenti bo‘ladi. JARdagi hukmron Afrika milliy kongressi partiyasi allaqachon Ramafosani prezidentlikka nomzod sifatida tasdiqlagan.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!