menu
Fransiya bosh vaziri harbiylarni Ukrainaga yuborishni istisno qilmadi
YI va NATOning aksar davlatlari Ukrainaga qo‘shin yuborish imkoniyatini ko‘rib chiqayotganini maʼlum qildi

Fransiya bosh vaziri Gabriel Attal prezident Emmanuel Makrondan keyin harbiylarni Ukrainaga yuborilishini istisno qilmadi. Bu haqda Cnews xabar berdi.

Attalning taʼkidlashicha, Parij Yevropaning markazida sodir bo‘layotgan urushda hech narsani, jumladan, quruqlikdagi qo‘shinlarni yuborishni inkor eta olmaydi. Makron 26-fevral kuni Ukrainaga favqulodda yordam ko‘rsatish bo‘yicha koalitsiya tashkil etilishini e’lon qilgan edi. Bu assotsiatsiya Ukraina armiyasiga o‘rta va uzoq masofaga mo‘ljallangan raketalar va bombalar yetkazib berishni vaʼda qilmoqda.

Fransiya prezidenti Ukrainaga G‘arb qo‘shinlari yuborilishi mumkinligini ham aytgan. Slovakiya bosh vaziri Robert Fiko, shuningdek, Yevropa Ittifoqi va NATOning bir qancha davlatlari Kiyev bilan ikki tomonlama kelishuvlar doirasida Ukraina hududiga qo‘shin yuborish imkoniyatini ko‘rib chiqayotganini maʼlum qilgan. 

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!