qarashlar
Rossiya bilan urushni “muzlatish” Ukraina hududlari bosib olinganini tan olishni anglatadi. Bu haqda Ukraina razvedkasi rahbari Kirill Budanov CBC News telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Budanovning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina hech qachon bunday qadam tashlamaydi. Ruslar hamma narsani hozirgidek muzlatib qo‘yishdan juda xursand bo‘ladi, bu esa Ukrainani “bosib olingan hududni Rossiyaniki deb tan olishga” majbur qiladi.
Shu bilan birga, u Rossiya qandaydir tarzda Ukrainaning qarshi hujum rejalari haqida maxfiy ma’lumotlarni olishga muvaffaq bo‘lganini aytdi.
Urushni “muzlatish”
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bu bo‘yicha hamkor davlatlari tomonidan hech qanday bosim yo‘qligini ta’kidladi. U Rossiya prezidenti Vladimir Putinning bayonotlari uning urushni to‘xtatish niyatida emasligidan dalolat berishini aytdi.
Prezident administratsiyasi rahbari Andrey Yermak ham Zelenskiy urushni muzlatishga hech qachon rozi bo‘lmasligini aytdi. Uning qo‘shimcha qilishicha, mamlakatga muzlatilgan mojarolar emas, balki adolatli tinchlik kerak.
Comments
0 comment