menu
Biznes-ombudsman nazorat organi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlarning ko‘pida tartib buzilganini aniqladi
O‘rganishda aniqlangan qonunbuzilishi holatlari bo‘yicha 4 ta taqdimnoma kiritilgan, mas’ul shaxslarning 315 nafariga ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan, 20 nafariga intizomiy jazo qo‘llanilgan

Joriy yilning o‘tgan davr mobaynida nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik faoliyatiga oid qonunchilik ijrosi bo‘yicha 5 ta nazorat organida o‘rganish o‘tkazilgan. Bu haqda Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan yig‘ilishda Biznes-ombudsman devoni axborot xizmati rahbari Guljamol Shukurova ma’lum qildi. 

O‘rganishda aniqlangan qonunbuzilishi holatlari bo‘yicha 4 ta taqdimnoma kiritilgan, mas’ul shaxslarning 315 nafariga ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan, 20 nafariga intizomiy jazo qo‘llanilgan.

Aniqlangan qonunbuzilishi xususiyati bo‘yicha:

83 foizi tekshiruv tartibini buzish;

5 foizi murojaatlarni ko‘rish tartibini buzish;

4 foizi davlat xizmatlari ko‘rsatishni buzish;

1 foizi boshqalar.

O‘tgan vaqt davomida tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish borasida Biznes-ombudsman tomonidan 1 836 ta ta’sir chorasi, shundan 47 ta da’vo arizasi (shikoyat), 38 ta taqdimnoma, 24 ta xulosa, 6 ta ogohnoma va 1 721 ta ma’muriy qo‘llanilgan.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!