menu
“AQSH pul ishlash uchun hamma yerda urush keltirib chiqaradi” — Dmitriy Medvedev 
Medvedevning so‘zlariga ko‘ra, AQSH faollashgan hududda hech shubhasiz muammo kelib chiqadi

Rossiya Xavfsizlik Kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedevning aytishicha, AQSH va uning sunʼiy yo‘ldosh davlatlari demokratiyani yoyish bahonasida sayyoramiz bo‘ylab urushlar keltirib chiqaradi. Asl maqsad esa pul ishlashdir. Medvedevning bayonoti haqida “TASS” nashri batafsil maʼlumot berdi.

Medvedevning so‘zlariga ko‘ra, AQSH faollashgan hududda hech shubhasiz muammo kelib chiqadi. Vashington bilan harbiy hamkorlik mamlakat ichida destabilizatsiyaga olib keladi.

“Amerika va uning sheriklari o‘zlarining strategik chegaralarini dunyoning deyarli barcha mintaqalariga yoyishga harakat qilmoqda. Demokratiyani yoyish bahonasida ular butun sayyora bo‘ylab urushlarni keltirib chiqaradi. Ayni paytda ularning maqsadi ravshan: pul topish. Ular hamma joyda o‘z qadriyatlari va qoidalarini o‘rnatishga intilishadi. Ular maslahatchilar izlaydi, hokimiyatga o‘zlari uchun qulay bo‘lgan rahbarlarni qo‘yadi”, — degan Medvedev AQSH siyosati to‘g‘risida.

Rossiya vakiliga ko‘ra, AQSH tashkil etgan g‘ayriqonuniy bizneslar ko‘plab mintaqalarda, xususan, Markaziy Osiyo, Kavkaz ortida, Qora va Kaspiy dengiz zonasida, Yaqin Sharqda mavjud. Mamlakating nosog‘lom geosiyosiy maqsadlari, siyosiy rejalari uni ochko‘zga aylantirib qo‘ygan.

Medvedevga ko‘ra, AQSH o‘z tashqi siyosatini amalga oshirishda 900 dan ortiq harbiy bazalar tarmog‘iga tayanadi. Mamlakatning bir nechta okean bo‘ylab qudratli dengiz harbiy floti mavjud. Ulkan harbiy byudjet esa AQSH bilan bellasha oladigan ikkinchi bir muqobil davlat shakllanishiga imkon bermaydi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!