menu
Alisa Freyndlix 90 yoshda: urush dahshatlarini boshdan kechirgan, Leningrad qamalidan omon qolgan aktrisaning muvaffaqiyat hikoyasi
Aktrisa o‘zining ulug‘ yoshiga qaramay, hali ham teatrda ishlab kelmoqda

2024-yil 8-dekabrda Alisa Freyndlix yubiley 90 yoshini nishonladi. Shundan u 70 yil umrini sahna va ekranlarda o‘tkazgan.

Sovet davrining eng taniqli aktrisasi Alisa Freyndlixdek rang-barang filmografiyaga ega san’atkorni topish qiyin: u “Ishdagi ishq” komediyasidagi qat’iy va jiddiy Lyudmila Prokofyevna rolini ham, “D’Artanyan va uch mushketyor”dagi Fransiya qirolichasi obrazini ham juda ishonarli tarzda ijro etgan edi. Bugun biz Alisa Freyndlixning hayot va karyera yo‘li qanday o‘tganini yodga olamiz.

Sankt Peterburgda tug‘ilgan Alisa Freyndlix uchun taqdirning o‘zi ijodga to‘la kelajak tayyorlab qo‘ygandek edi. Uning onasi Kseniya shunchaki havaskor spektakllarga qiziqqan va drama kurslarida tahsil olgan bo‘lsa, otasi Bruno (Meklenburg-Shverin gersogining avlodi) professional aktyor bo‘lgan.

Alisaning kelajakda san’at yo‘nalishini tanlashiga uning tug‘ilib o‘sgan vatani ham ta’sir qilgan: Freyndlix Sankt Peterburgning tarixiy markazida yashagan: uning uyi oldida Qonunchilik Assambleyasi va Isaakiy sobori bor edi.

Aktrisaning teatr va kinodagi qiziqarli hayoti boshlanishidan avval urush boshlandi. Freyndlix urush nima ekanligini va qanchalik dahshatli ekanligini erta angladi. Birinchi jahon urushidan biroz avval uning ota-onasi ajrashdi: otasi va teatr truppasi Toshkentga gastrolga ketdi, onasi va buvisi Leningradda qolishdi. Aktrisaning so‘zlariga ko‘ra, aslida kelib chiqishi nemis bo‘lgan Brunoning ketishi uning hayotini saqlab qolgan:

 Leningradda qolgan Alisa va uning onasi uchun ham qiyin davr bo‘ldi, chunki ularning nemischa familiyasi urush davrida juda xavfli edi.

1940-yillarning o‘rtalarida Freyndlix onasi va buvisi bilan bir necha yil Estoniyada yashadi, so‘ng u yerdan Leningradga qaytib keldi. Alisa taniqli sovet aktrisasi Mariya Prizvan Sokolovaning teatr truppasida ishtirok eta boshladi. Yuqori soprano ovoziga ega bo‘lgan Freyndlix opera aytishga ham qiziqar edi, ammo otasi uni musiqa karyerasidan qaytardi va aktyorlik kasbini tanlashini talab qildi.

Mariya Sokolovaning shaxsan o‘zi Freyndlixni A. N. Ostrovskiy nomidagi Leningrad teatr institutiga tayyorladi, so‘ng 1953-yilda Alisa mashhur teatr pedagogi Boris Zon darslariga qatnay boshladi.

O‘quv jarayonida bo‘lajak aktrisa institutdan haydalishiga oz qoladi, Alisa bir qancha muammolarga duch keladi. Biroq o‘qituvchisi Boris Zon uni olib qolish uchun harakat qiladi. Uning aralashuvi tufayli Freyndlix aktrisalik mahoratini oshirishda davom etadi. Institutni muvaffaqiyatli tugatgandan so‘ng, Zon Freyndlixni viloyat va milliy ahamiyatga ega drama teatrlariga tavsiya qiladi.

O‘qishni tugatgandan so‘ng, Freyndlix V.F Komissarjevskaya nomidagi Leningrad drama teatri truppasiga qo‘shildi, u o‘sha davrni doim yaxshi kayfiyatda eslaydi:

70-yillarda uning kinodagi birinchi chiqishlari boshlandi. Avval Alisa epizodik rollarda (“Tugallanmagan doston, “Iste’dodlar va muxlislar”), keyin kattaroq rollarda (“Yosh kelin-kuyovlar haqida doston) ishladi. O‘sha paytda Freyndlix teatrda katta spektakllarda ishtirok etar edi.

1960-yillarning boshlarida Alisa Freyndlix Lensovet teatrida ishlay boshladi, bu yerda aktrisa o‘n yildan ortiq ijod qildi. Uning ikkinchi teatr uyi G. A. Tovstonogov nomidagi katta drama teatri bo‘lib, aktrisa Leningrad shahar kengashining bosh direktori Igor Vladimirov bilan ajrashgandan keyin u yerda ishlay boshladi Keyin uning kinodagi faoliyati boshlanadi. 80-yillarning boshida “Sevmoq” filmida rol o‘ynadi. Mixail Kalik rejissyorligidagi mazkur film badiiy va hujjatli kino elementlarini o‘zida mujassam etgan.

So‘ng Freyndlix ikkinchi novellada — Sergey tramvay konduktori Anya haqidagi qisqa hikoyada o‘ynadi. Uni abort qilishga majbur qilgan sevgilisi bilan ajrashgach, qahramon o‘z joniga qasd qilishni istaydi. Sergey uni bu fikrdan qaytarish uchun bor kuchini sarflaydi. Bu obraz o‘sha davrdagi yosh avlodning haqiqiy hayoti qanday ko‘rinishga ega ekanligi haqidagi jiddiy loyiha edi.

1980-yillarning o‘rtalariga kelib, Freyndlix allaqachon yulduz maqomiga erishgan edi. U “Somon qalpoq, “Mening hayotim”, “Malika va no‘xat” filmlarida rol o‘ynadi.

“Ishdagi ishq” komediyasi Freyndlixning Ryazanov bilan hamkorlikdagi birinchi filmi emasdi. U “Taqdir hazili yoxud qushdek yengil bo‘ling” filmida Nadya rolini o‘ynashi mumkin edi, ammo oxirgi daqiqada rol Barbara Brilskaga berildi. Bundan tashqari, Freyndlix “Taqdir zigzagi”da ham o‘ynay olmadi, chunki suratga olish paytida u homilador edi. Ammo “Ishdagi ishq” aktrisa karyerasida o‘z o‘rnini egalladi va unga haqiqiy muvaffaqiyat keltirdi.

Keyingi yillarda aktrisa rollarini tanlay boshladi: “Shafqatsiz romantika”, “Qor malikasi siri”, “Moskva oqshomlari”. Orada aktrisa teatrda ishlashda ham davom etdi. 1990-yillardagi qiyin kunlar, ochlik va kino sanoati rivojlanmay qolgan davrda, ko‘plab san’atkorlar pul yetishmasligidan qiynalgan davrda ham Freyndlix har qanday loyihaga rozi bo‘lmagan.

2000-yillarda Freyndlix yoshi va salomatligidagi muammolar sabab sahnada kamroq ko‘rina boshladi. Uning so‘nggi filmi “Qattiqqo‘l ota-onalari” tragikomediyasidagi bosh qahramon onasi roli bo‘ldi. 2020-yilda koronavirus epidemiyasi avj olganda aktrisa o‘pkasining 93% qismi zararlanishi bilan kasalxonaga yotqizildi. Shifokorlarning xavotirlari tufayli Freyndlix reanimatsiyaga o‘tkazildi, biroq 2021-yil fevralida aktrisa tuzala boshladi.

O‘n yil avval u uzoq yillik chekish tufayli salomatligida muammolar paydo bo‘ldi va jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi. Avvalroq aktrisa onasining vafotidan keyin 35 yoshidan boshlab chekishni boshlagan edi. Freyndlix doimiy ravishda kuniga bir quti sigaret chekar edi.

Freyndlixning yaqin do'sti Irina Taymanova aktrisaning yomon odati haqida aytib bergan:

Mahoratli aktrisa Alisa Freyndlix ko‘plab mukofotlar sohibasi. U kino va teatr tomoshabinlarining turli avlodlari vakillari tomonidan tanilgan va e’tirof etilgan. 2018-yilda u “Katta” filmidagi eng yaxshi ikkinchi plandagi aktrisa uchun “Nika” mukofotiga sazovor bo‘lgan. Aktrisa 90 yoshda bo‘lishiga qaramay, hali ham teatrda ishlab kelmoqda.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!