Yangiliklar
Xalq iste’dodi, vaqti va imkoniyatlarini yo‘qotayotgan muammo.
Qish fasli O‘zbekiston uchun yilning eng og‘ir davriga aylanib qolgan.
Saida Mirziyoyeva Prezident administratsiyasida o‘quvchi yoshlar bilan uchrashdi.
Saida Mirziyoyeva an’anaga ko‘ra, yil yakunida Prezident administratsiyasida O‘zbekistonning navqiron va bilimdon o‘g‘il-qizlari bilan uchrashdi.
Sednaya - Suriyaning eng dahshatli nuqtasi. Ayrim mahbuslar bu yerda o‘nlab yillar o‘tirgan.
Huquq faollari o‘z hisobotlarida bu joyni «o‘lim lageri» va «odamlar so‘yiladigan qassobxona» deb atagan. Asad rejimi qulagach, minglab mahbuslar ozodlikka chiqdi.
O‘zbekiston Eron bilan qishloq xo‘jaligida hamkorlikni kuchaytiradi.
O‘zbekiston O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi direktori Ibrohim Ergashev boshchiligida mamlakat delegatsiyasi Tehronga tashrifi davomida Eron qishloq xo‘jaligi vaziri G‘ulomrezo Nuriy Qizilcha bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Londonda o‘zbek naqsh san’ati maktabi tashkil etildi.
O‘zbekiston elchixonasida britaniyalik taniqli mutaxassis va rassom Samira Mian bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Putin yana bir bor «Oreshnik»ni maqtab, G‘arbga «duel» taklif qildi.
«Kiyevdagi nishonni tanlaymiz, u havo hujumidan mudofaa tizimlari bilan o‘raladi, Rossiya esa unga «Oreshnik» bilan zarba beradi. Ko‘ramiz, nima bo‘larkin», - degan u.
GFR diplomatlari Suriyadagi isyonchilar bilan aloqa o‘rnatdi.
Germaniya delegatsiyasining Damashqdagi muzokaralari asosiy mavzulari siyosiy o‘tish jarayoni va Suriyadagi ozchiliklar va ayollar huquqlarini himoya qilish bo‘ldi.
Xitoy banklari xodim tanlashda sun’iy intellektdan tobora ko‘proq foydalanmoqda.
Bunday “eychar-mutaxassis” bir kunda 2 mingdan ortiq nomzod bilan intervyu o‘tkaza oladi.
Suriya lagerlaridan fuqarolarni qaytarishda Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilik qilmoqda.
Ta’kidlanishicha, Yevropa davlatlari Suriyadagi lagerlarda qolgan fuqarolari uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan, ularni amalda «tashlab qo‘ygan».
Andijonda Suriyadagi terrorchi guruhlarga pul yuborgan fuqaro 10 yildan ortiq muddatga qamaldi.
Andijon shahridagi oshxonada ishlagan shaxs 2023 yilning avgust-dekabr oylarida Suriyadagi terroristik tashkilotlarga pul o‘tkazgani ma’lum bo‘ldi. U 10 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.
Rossiyalik deputat migrantlar uchun viza joriy qilishni talab etdi.
Deputat Mixail Matveyev viza rejimini joriy qilish va migrantlarni to‘liq tekshirish Rossiyaga yordam berishi mumkin, deb hisoblamoqda.
Qarshidagi fojianing gaz yoki is gazi bilan bog‘liqligi ehtimoldan yiroq - “Hududgazta’minot”.
Qarshi shahrida bir oilaning 4 a’zosi o‘zlari yashab kelgan uyda halok bo‘lgani gaz yoki is gazi bilan bog‘liqligi ehtimoldan yiroq, deya ma’lum qildi “Hududgazta’minot”. Kompaniyaga ko‘ra, voqea joyini tekshirgan gaz ta’minoti va favqulodda vaziyatlar id...
Bog‘dorchilikda tomchilatib sug‘orish: nega ishlar sur’ati sust?.
Bugungi kunda O‘zbekistondagi mevali bog‘larning 83,3 foizi an’anaviy usulda – ariqdan sug‘oriladi. Ularning atigi 16,6 foizida tomchilatib sug‘orish tizimi joriy qilingan va bu – juda past ko‘rsatkich.
20 dekabr kuni vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi.
O‘zgidromet 20 dekabr, juma kuni kuzatiladigan ob-havo to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Manba: Jizzax viloyati hokimi ishdan olingan.
Ergash Soliyev 2017 yil oktyabridan buyon viloyatga rahbarlik qilib kelayotgandi.
Fransiya kassatsiya sudi Sarkoziga hukmni o‘zgarishsiz qoldirdi.
Fransiya kassatsiya sudi sobiq prezident Nikolya Sarkoziga korrupsiya ishi bo‘yicha hukmni tasdiqladi. Bu bir yil uy qamog‘i va elektron braslet taqishni anglatadi. Uning advokati IHYSga murojaat qilmoqchi.