menu
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaga yordamning kechikishidan foydalanmoqda.
Volodimir Zelenskiy Ukraina qo‘shinlarining Kupyansk yaqinidagi pozitsiyalariga tashrif buyurdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, frontning ayrim hududlarida vaziyat juda og‘ir. Shu bilan birga, Rossiya Federatsiyasi Ukraina qurolli kuchlariga yordam ko‘rsatishdagi kechikishlardan foydalanmoqda, dedi prezident.

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning aytishicha, Rossiya qo‘shinlari Ukrainaga yordam ko‘rsatishdagi kechikishdan foydalanib, ko‘p sonli zaxiralarni frontga olib kelmoqda. «Hozirda frontning bir qancha qismlarida, aniqrog‘i Rossiya qo‘shinlari maksimal zaxiralari to‘plangan joylarda vaziyat juda og‘ir», dedi Ukraina davlati rahbari 19 fevral, dushanba kuni Ukraina qurolli kuchlarining Xarkiv viloyati Kupyansk yo‘nalishidagi pozitsiyalariga tashrif buyurganidan so‘ng vatandoshlariga qilgan videomurojaatida.

«Ular Ukrainaga yordam berishdagi kechikishlardan foydalanmoqda va bu juda aniq narsalar: artilleriya yetishmasligi, havo hujumidan mudofaa zarurati va qurollar», - dedi Zelenskiy hamda Kiyev hamkorlar bilan «qo‘llab-quvvatlashni tiklash va kengaytirish ustida» qattiq ishlayotganini qo‘shimcha qildi.

Zelenskiy barcha ukrainaliklarga va qurol-yarog‘, snaryadlar, dronlar hamda elektron urush uskunalarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan kompaniyalarga alohida minnatdorchilik bildirdi.

Ukraina prezidenti devoni matbuot xizmati xabar berishicha, Zelenskiy Kupyanskni himoya qilish bo‘yicha jangovar topshiriqlarni bajaruvchi knyaz Buyuk Roman nomidagi 14-alohida mexanizatsiyalashgan brigadaning batalon qo‘mondonlik punktiga tashrif buyurgan.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!