qarashlar
Farg‘ona viloyati hokimining Farg‘ona shahri markazidagi «Yoshlar ko‘li» hududini mehmonxona, restoran, savdo majmuasi hamda ko‘p qavatli turar joy binolarini qurish uchun 24 kunlik firmaga doimiy foydalanish huquqi bilan biriktirib berish haqidagi qarori bekor qilindi.
Xayrullo Bozorov 7 mart kuni o‘z qarorini bekor qilish haqida qaror qabul qildi.
Hujjatda keltirilishicha, Farg‘ona shahri markazidagi «Yoshlar ko‘li» biriktirib berilgan «Unays building» MChJ 4 mart kuni hokimlikka xat bilan murojaat qilib, chet ellik investorlar tomonidan moliyalashtirish o‘z vaqtida amalga oshirilmayotganini bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, Kun.uz oldinroq Xayrullo Bozorovning qaroriga ko‘ra Farg‘ona shahri markazidagi «Yoshlar ko‘li» mehmonxona, restoran, savdo majmuasi hamda ko‘p qavatli turar joy binolari qurish uchun tashkil etilganiga 24 kun bo‘lgan Unays building MChJga doimiy foydalanish huquqi asosida biriktirib berilgani yuzasidan surishtiruv e’lon qilgandi.
Surishtiruvdan so‘ng Farg‘ona viloyati hokimining qarori ijtimoiy tarmoqlarda e’tirozlarga sabab bo‘ldi hamda faollar «Yoshlar ko‘li» farg‘onaliklarga qaytarilishi kerakligi haqida yozishdi.
Mazkur holatdan so‘ng Davaktiv agentligi tomonidan o‘rganish o‘tkazilib, «Yoshlar ko‘li»ning doimiy foydalanish huquqi asosida biriktirib berilishida bir qator qonun talablari buzilganini aniqladi hamda ko‘l Sport vazirligiga qaytarilishini ma’lum qildi.
Comments
0 comment