menu
«Xayraton – Mozori Sharif» temiryo‘l liniyasini tiklash ishlari boshlandi.
Afg‘oniston hududidan o‘tuvchi ushbu liniyani ta’mirlashda O‘zbekiston ham ishtirok etadi. 

O‘zbekiston va Afg‘oniston chegarasidagi Xayraton stansiyasida «Xayraton – Mozori Sharif» temiryo‘l liniyasini qayta tiklash va ta’mirlash ishlari boshlandi. 

21 fevral kuni tadbirning tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi. Unda Afg‘oniston va «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ vakillari ishtirok etdi. 

Tomonlarning kelishuviga asosan, tiklash ishlari bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tomonidan birinchi bosqich uchun 120 nafar ishchi xodim safarbar qilinadi. 

Birinchi bosqichda yuk vagonlarini qisqa muddatda «Naibobod» stansiyasiga yetkazib berish ko‘zda tutilgan. Ushbu maqsadda «Xayraton» stansiyasining «B» parkida hamda temiryo‘l infrastrukturasining 57 km bo‘lgan hududlarida to‘liq tiklash ishlari parallel ravishda tashkil etiladi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!