qarashlar
IIV Tezkor-qidiruv departamenti xabariga ko‘ra, 26 yanvar kuni IIV Tezkor-qidiruv departamenti jinoyat qidiruv xizmati Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda Toshkent shahri Yashnobod tumanida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbir davomida aniqlanishicha, MChJning 47 yoshli ta’sischisi boshqa bir fuqaroga Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanidagi MChJga ajratilgan 6,7 gektar yer maydonini jami 1 million 340 ming dollarga va u yerga tutash bo‘lgan tuman hokimligi zaxirasidagi 2 gektar yer maydonini 10 ming dollar evaziga 10 yil muddatga foydalanish uchun Kadastr bo‘limida ishlovchi tanishlari orqali hujjatlarini rasmiylashtirib berishni va’da qilgan.
Hamkorlikdagi tezkor tadbir davomida gumonlanuvchi Yashnobod tumani Botkina ko‘chasidagi kafeda avans tariqasida 50 ming dollar miqdordagi pulni olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Comments
0 comment