qarashlar
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston prezidentining yanvar oyida OIIB bosh qarorgohiga tashrifidan so‘ng sezilarli darajada faollashgan OIIB va O‘zbekiston o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning rivojlanish dinamikasi qayd etilgan.
Tashrif yakunlari bo‘yicha 2024—2026 yillarda O‘zbekiston va OIIB o‘rtasida umumiy qiymati 2,5 mlrd dollarlik qo‘shma loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha hamkorlik dasturi hamda OIIB boshqaruv kengashining yillik yig‘ilishini 2024 yil 25—26 sentabr kunlari Samarqand shahrida o‘tkazish to‘g‘risidagi memorandum imzolangan.
Tomonlar loyihalarning amalga oshirilishi, shuningdek, 2024—2026 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturiga kiritilgan energetika, qishloq xo‘jaligi, transport, sog‘liqni saqlash va suv ta’minoti sohalarida yangi tashabbuslarni birgalikda hayotga tatbiq qilish istiqbollarini ko‘rib chiqdi.
Comments
0 comment