menu
O‘zbekistonning Boltiqbo‘yi va Finlandiyadagi elchisi missiyasini yakunladi.
O‘zbekistonning favqulodda va muxtor elchisi Qadambay Sultonov diplomatik missiyasini yakunlab, Toshkentga qaytdi. 

Elchi O‘zbekistonga qaytishdan avval Latviya Tashqi ishlar vazirligi (TIV) protokoli rahbari Raymonds Yansons, Litva TIV departamenti direktori Darius Latkausuas va Estoniya TIV bosh kotibi Yonatan Vseviov bilan so‘nggi uchrashuvlarini o‘tkazdi. 

Muloqotlar chog‘ida elchining ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash borasidagi samarali faoliyati yuqori baholandi. 

Eslatib o‘tamiz, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining 47 yoshli bitiruvchisi Qadamboy Sultonov O‘zbekistonning Latviyadagi diplomatik missiyasi rahbari (2019–2024) hamda Litva (2021–2024), Estoniya (2020–2024) va Finlandiyadagi (2020-2024) o‘rindoshlik asosidagi elchisi (qarorgohi Riga shahrida) sifatida akkreditatsiyadan o‘tgan.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!