qarashlar
Ushbu kredit muassasasi Contact tizimining operatori bo‘lib, tashkiliy, hisob-kitob va kliring, axborot va texnik funksiyalarni bajaradi. Contact tizimining 100 foiz aksiyadori va uning operatori QIWI Group hisoblanadi.
Rossiya Markaziy banki xabarida aytilishicha, QIWI Bank «jismoniy shaxslar va yashirin tadbirkorlik sub’yektlari o‘rtasidagi hisob-kitoblarni ta’minlashga qaratilgan yuqori xavfli operatsiyalar», jumladan kriptovalutalar, noqonuniy onlayn kazinolar, bukmekerlar va shu kabilar foydasiga pul o‘tkazmalari bilan shug‘ullangan. Bank federal qonunlarni, shu jumladan jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash sohasidagi qonunlarni buzgan.
Lisenziya bekor qilingandan so‘ng, QIWI hamyonlarini mablag‘ bilan to‘ldirish va yechib olish imkonsiz bo‘lib qoldi.
O‘zbekistonning «Ipak yo‘li» banki ham Contact orqali pul o‘tkazmalari bo‘yicha operatsiyalar to‘xtatilgani haqida xabar berdi. Moliyaviy muassasa muqobil to‘lov tizimlaridan foydalanishni tavsiya qilmoqda.
Xalq banki ham «texnik sabablarga ko‘ra» Contact o‘tkazmalari to‘xtatilganini ma’lum qildi.
Contact to‘lov tizimi 1999 yilda ochilgan, birinchi rus pul o‘tkazmalari tizimi va bu sohada jahon yetakchilaridan biridir. Contact xalqaro tarmog‘i 180 dan ortiq mamlakatlarda, jumladan, O‘zbekiston, Tojikiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistonda 670 mingdan ortiq xizmat ko‘rsatish punktlarini - bank filiallari, to‘lov terminallari, bank to‘lov agentlari ofislari va boshqalarni o‘z ichiga oladi.
Comments
0 comment