menu
O‘zbekiston yanvarda 137 ta mamlakat bilan savdo aloqalarini amalga oshirdi.
2024 yilning yanvar oyida O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi 4,2 mlrd AQSh dollariga yetgan. 

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, tashqi savdo aylanmasi hajmi 2023 yilning mos davri bilan solishtirilganda 870,1 mln AQSh dollariga yoki 17,2 foizga kamaygan.

O‘zbekiston 2024 yilning yanvar oyida jahonning 137 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirgan.

Tashqi savdo aylanmasining nisbatan salmoqli hissasi Xitoy (27,2 foiz), Rossiya (18,3 foiz), Qozog‘iston (6,5 foiz), Turkiya (5,1 foiz) va Koreya Respublikasida (4,3 foiz) qayd etilgan.

Bunda, eksport – 1,1 mlrd dollar, import – 3,1 mlrd dollarga teng bo‘lgan.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!